www.ziyouz.com kutubxonasi
179
zik qizlari-ey! Havo jindek o‘zgardimi — bo‘ldi, darrov gulday sarg‘ayishadi-qolishadi, —
dedi.
Hamma meni qiyinchilikka chidamaydigan arzanda, nozik, kasal qiz deb hisobladi.
Men ularning gaplarini bosh ishorasi bilan tasdiqlar, shunday deb o‘ylaganlari uchun hat-
to minnatdor ham edim.
Lekin ularga yolg‘on aytdim. Bu safargi hushdan ketishimning sababi boshqa edi. Shu
kuni Choliqushi umrida birinchi marta och qolgan edi! Nima qilay, uyalsam-da yozib
qo‘yishga majburman.
* * * Qar-shiyoqa, 11 ok-tyabr. Bugun Farhunda bilan Sabohatga yana Izmirdan mehmonlar keldi. Bular o‘n besh bi-
lan yigirma yoshlar o‘rtasidagi to‘rtta qiz edi. Choshgohdan so‘ng dengiz sayohatiga
chiqmoqchi, qayiqda Bayroqligacha bormoqchi bo‘ldik. Endi ko‘chaga chiqqanimizda, ak-
siga yurib, yomg‘ir yog‘ib qoldi. Tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushib, yana mehmonxonaga
qaytib kirdik. Kichik xonimlar bir oz pianino chalishdi, u yoq-bu yoqdan g‘iybat qilishdi,
keyin ikkita-ikkita bo‘lib burchak-burchakda shivirlasha boshlashdi. Xuddi birov
qitiqlayotganday qichqirishib, sharaqlashib kulishlaridan nimalarni gaplashayotganlari
ma’lum edi.
Sabohat juda ham sho‘x, juda shayton qiz. Mehmonlarini zeriktirmaslik uchun turli-tu-
man qiziqchiliklar o‘ylab chiqaradi. Etajerkada oila a’zolari va do‘stlarining suratlari bilan
to‘liq albomlar bor edi. Shulardan bittasini oldi-da, dugonalarini stol atrofiga yig‘ib, su-
ratlarini ko‘rsata boshladi. Suratlar emas, Sabohatning topgan gaplari g‘alati edi. U har
bir suratni ushlab olib, undagi kishining hayoti, tabiati to‘g‘risida shunday qiziq narsalar
aytardiki, kula-kula ichaklarimiz uzilardi. Masalan, ko‘kragi ordenlar bilan to‘la, haybatli
bir posho, ya’ni dunyo hukmroniday ko‘ringan bu mo‘ysafid cholni xotini supurgi bilan
rosa urgan emish.
Qarindoshlaridan savlatli bir xotinning suratini ko‘rsatdi, aftidan, viloyatli ekani bilinib
turardi. Bir kun kemadan Qo‘qoriyali limaniga tushayotganida, bir nima bo‘lib, dengizga
yiqilib ketibdi. Esxonasi chiqib ketganidan o‘z viloyatining shevasida “Shirin jonimdan
ayrilyapman, qutqaringlar!” deb chinqiribdi.
Rashidbeyning ko‘nyalik sut tog‘asi bor ekan. Suratini ko‘rgan kishi kulmay turolmay-
di. Boshida salla, egnida cholvor, imom domlaning o‘zginasi. Buning ro‘parasidagi ikkin-
chi suratda esa deputat bo‘lgandan keyin frak kiyib, yakka ko‘zoynak bilan tushgan ras-
mi turibdi.
Imom domla deputatga xo‘mrayib qarab turibdi, deputat esa uni ermak qilib olayib
turibdi. Bu shunaqayam alomat surat ediki, yangi sahifani ochib yubormasin, deb Sa-
bohatning qo‘lini ushlab olib toza kuldim.
Farhunda men bilan hazillasha boshladi:
— Farida xonim, xohlasangiz sizni shu zotu husnobodga beramiz, hozir boshi ochiq, —
dedi. — Avvalgi xotinlarini qo‘yib, endi deputatga loyiq, yevropalashgan xonim qidirib
yuribdi.
Men hamon kulishdan to‘xtamay stol yonidan uzoqlashdim-da, Farhundaga:
— Hoziroq yozing, men roziman. U kishiga tegadigan xotin boshqa yerdan baxt topol-
maganda ham umrini hech bo‘lmasa kulgi bilan o‘tkazadi-ku, — dedim.
Sabohat yangi sahifani ochib, meni qo‘li bilan imladi.
— Farida xonim, mana bu suratni ko‘rsangiz, deputatimizdan aynib qolarmikansiz,
deb qo‘rqaman, — dedi.