7- BOB. UZOQ MUDDATLI MOLIYAVIY QO’YILMALAR
HISOBI
7.1. Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar tarkibi. Qimmatli
qog’ozlar: aksiya, obligasiya, zaem va boshqalar.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mulkchilik shaklidan
qat’iy nazar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslarning xo’jalik
faoliyatini muvaffakkiyatli yuritish moliyaviy kuyilmalardan
foydalanishga boglik, Ya’ni xozirda barcha korxona, tashkilotlar uz
faoliyati davomida Moliyaviy kuyilmalardan kanchalik samarali
foydalansa uning rentabellik darajasi oshadi xamda uning rivojlanish
istikbolini belgilab beradi. Moliyaviy kuyilmalar birinchi navbatda real
xujalik xisobini joriy etish imkonini beradi, uz xarajatlarini uzi koplash,
uzini uzi mablag bilan ta’minlash, davlat korxonalari bilan bir katorda
kichik, mustakil jamoa, kushma va shaxsiy korxonalar tuzishga yakindan
kumak beradi.Кupchilik xujalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyat
yuritishida investisiya faoliyati muxim unsur bulib xisoblanadi. Bozor
iktisodiyoti sharoitida xujalik yurituvchi sub’ektlar uz mablaglaridan
unumli foydalanishlari lozim, ya’ni boshka sub’ektlar faoliyatiga foyda
olish maksadida mablag kiritishlari kerak buladi. Daromad olishning
usullaridan biri boshka sub’ektlarning foyda taksimotida ishtirok etish
uchun vaktinchalik bush turgan mablaglarni investisiyalashdir. Investisiya
deganda boshka xujalik faoliyatiga ma’lum bir davr oraligida iktisodiy
foyda ulush sarmoya kiritish tushiniladi.
Moliyaviy kuyilmalar, ularni tasniflash va xisobga olish usuli
tugrisidagi tushuncha, xamda ularga oid axborotni moliyaviy xisobotlarda
aks ettirish “Moliyaviy kuyilmalar xisobi” nomli 12–son BXMS larda
xisobga olib boriladi. Bu standartlarga muvofik Moliyaviy kuyilmalar-bu
daromad olish, foizlar, royaliti, divident va ijara xaki singari va asosiy
kapital kiymatini kupaytirish yoki investisiya kiluvchi kompaniya boshka
iktisodiy foyda olish maksadida uning tasarrufida bulgan korxona
aktivlaridir” degan tarif keltirilgan.
Bundan tashqari hozirgi davrga kelib bozor iqtisodiyotining talablariga
asosan davlat korxonalari tezkorlik bilan xissadorlik jamiyat (XJ)lariga,
qo’shma korxonalarga, aksiyadorlar jamiyatiga aylantirilmoqda, ya’ni
mulkchilik shakli o’zgartirilmoqda (privatizasiya qilinmoqda).
Privatizasiya qilish- davlat mulki bo’lgan korxonalarni o’rnatilgan
tartibda xissadorlarga, aksiyadorlarga sotishdir, ya’ni ushbu korxonalarni
davlat tasarrufidan chiqarishdir. Ushbu korxona xodimlari, boshqa yuridik
304
va jismoniy shaxslar korxonaning aksiyasini belgilangan tartibda sotib
olishi mumkin.
Davlat tomonidan mulkchilik shaklini o’zgartirishning har xil variantlari
ishlab chiqilib unda korxona xodimlariga beriladigan imtiyozlar va
aksiyalar paketining nazorat hajmi belgilangan.
Qanday variant qo’llanishidan qat’iy nazar xususiylashtirish, ya’ni
mulkchilik shaklini o’zgartirish jarayoni to’rt bosqichni bosib o’tadi:
a) korxonada privatizasiya qilish bo’yicha ishchi komissiyasi tashkil
qilinadi;
b) komissiyaning ishlash jarayoni tasdiqlanadi;
v) aksiyadorlar jamiyatini ta’sis qilish ishlari amalga oshiriladi;
g) chiqadigan aksiyalarni taqsimlash tartibi belgilanadi va taqsimlanadi.
Кorxona rahbari tomonidan tashkil qilingan ishchi komissiyasi quyidagi
ishlarni amalga oshiradi:
korxona mulkini baholash- privatizasiya qilinadigan sub’ektning shu
davrdagi qiymatini bozor bahosida aniqlash;
xususiylashtirish variantlarini tanlash uchun xodimlarni etarli
ma’lumotlar bilan ta’minlash, ya’ni sub’ekt xodimlariga zarur bo’lgan
ma’lumotlar: uning kapitali, likvidlik darajasi, aktivlari va majburiyatlari;
xususiylashtirish variantini tanlash maqsadida jamoa a’zolarining
yig’inini o’tkazish, ushbu yig’inda privatizasiyaning qaysi variantining
afzalliklarini muhokama qilish va tanlash;
korxonani xususiylashtirish bilan bog’liq rejasini tuzish, tugatish
balansi, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, qiymati va taqsimlash
tartibini belgilash;
korxona mulki baholangan dalolatnomani o’rganib chiqish va
umumiy yig’inda tasdiqlash;
AJning ustavini ishlab chiqish va davlat mulkini boshqarish
qo’mitasiga zarur xujjatlarni- xususiylashtirish rejasi, mulk bahosi va
ustavni taqdim qilish.
Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi korxonani ochiq turdagi
aksiyadorlar jamiyatiga aylantirishga asos bo’ladigan xususiylashtirish
rejasini tasdiqlaydi. Shundan keyin DMBQ davlat qaydnomasidan o’tish
uchun ushbu sub’ektga ta’sis xujjatlari, ariza va aksiyalar chiqarishni qayd
qilish uchun emissiya loyihasini (prospekti) beradi. Кorxona davlat
qaydnomasini olgan kundan boshlab aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi.
Aksiyadorlar jamiyatining bosh direktori rahbarligida direktorlar
kengashi tasdiqlanib, unga bosh direktor vakili, DMBQ, mehnat jamoasi
va mahalliy hukumat vakillari kiritiladi.
305
Chiqarilgan aksiyalar ikki usulda taqsimlanadi:
Dostları ilə paylaş: |