Masalan:
a) Buloqning suvi, podshox zamondagi mazlumlarning ko'zlaridan oqqan yosh
kabi tinmay to'lib toshdi. (SH.R)
b) Farxodning qoyalarni o'pirgan afsonaviy teshasi kabi, shoir fikri toshlarni
yaxlid kesib, misralarga boylab, qalab ketdi.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar o'zidan oldin kelgan xolning
so'rog'i va vazifasiga teng bo'ladi. Ajratishning bu turi tilimizda keng qo'llanadi.
Ayniqsa, ajratilgan payt va o'rin xollari juda ko'p ishlatiladi.
Ajratilgan o'rin xoli.
Masalan:
1. Nariroqda, garb tomonda, Lena tog'lari yuksaldi. (O.T)
2. Ayvon oldida, otxonaning lang ochiq eshigi yonida, otlar qarsillatib yem yeb
turardi.
32
Ajratilgan payt xoli
Masalan:
1. Bugun, darsdan keyin, maktabda ota-onalar yig'ilishi chaqirilgan edi.
2. Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamrox bo'lib qoldi.
Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilarining ishlatilishi
Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi.
1. Ajratilgan bo'laklar odatda vergul bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo'lak gapning boshida kelsa, undan so'ng, oxirida kelsa undan oldin,
gapning ichida kelsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi.
Misollar:
1. Ko'm-ko'k barglarga burkangan daraxtlarni tebratib, salqin shabada esadi.
2. “Dunyoning ishlari ko'p qiziq-da”, dedi Zebixon, o'ziga-o'zi gapirganday.
(S.Z)
3. Jangchilar, nima haqida gap kelayotganligini bilmay, qiziqish va xayrat bilan
qarashardi. (O)
3. Ajratilgan bo'lakning sostai keng bo'lsa yoki uning ichida vergul bo'lsa,
bunday ajratilgan bo'laklar tire (-) bilan ajratiladi.
Masalan:
1. Axir u mana shu o'tirganlar -erkaklar, ayollar va besh yosh bolalar uchun-
frontda kon to'kmaganmi?! (SH.R)
2. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga -Roziyani avvaliday
go'zal, shod ko'rish niyatiga-Sattor bir laxzada yetdi. (P.K)
3. Ajratilgan bo'lak izoxlanmishning ma'nosini ochib bersa (ular o'rtasida ya'ni
so'zini ishlatish mumkin bo'lsa), bunday ajratilgan bo'lak ham tire (-) bilan ajratiladi.
Bunday xolatda ajratilgan bo'lak bilan keyingi gap bo'laklari orasiga hech qanday belgi
qo'yilmaydi. Chunki ular o'rtasida ajratuvchi pauza yo'q. Ular umumiy intonasiyaga
ega bo'ladi.
33
Masalan:
1. Bambur Nargizning vatani-Gullar bog'ini bilardi. (SH.R)
2. Biri aks etadi gullarda,
Biri olim-yoqimli, xushfe'l. (X.P)
34
Xulosa
Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham
qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari
bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan
umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan
umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan:
Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. (Oybek).
Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani
so`roqlayotganday bo`ladi. (P.Qodirov).
Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi.
Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan);
zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi
yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi.
Masalan: Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida
bo`lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko`rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh
zug`um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. (S.Ahmad).
Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali,
shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular
orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi.
(F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi.
(S.Karomatov).
Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan
oldin kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma erda: uylarda,
ko`chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi.
(Oybek).
Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so`ng kelganda, undan oldin
tire qo`yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo`ylab
chopdilar. (R.Fayziy)
35
Gapning ajratilgan bo`laklari
Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi
mumkin. Ajratilgan bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning
ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo`laklardan maxsus
to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh
yong`oqning tagida, oppoq qorga ko`milib uzoq turdi. (O.YOqubov). Ish qanchalik
qiyin bo`lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat bilan
ishlardik. (CH.Aytmatov).
Birinchi gapda «qo`sh yong`oqning tagida» o`rin holi o`zidan oldin kelgan
«soyda» so`zining ma’nosini, ikkinchi gapda «yoshlar» o`zidan oldin kelgan «biz»
so`zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo`laklaridan to`xtam (pauza) bilan
ajratilgan. Ajratilgan bo`laklarning ham ikkisi ham oddiy gap bo`lagi shaklida
qo`llangan.
Ajratilgan bo`laklar oborot shaklida ham bo`lishi mumkin. Masalan: Vohid
Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog`ining yonidan
o`tkazib yubordi. (O.YOqubov).
Keltirilgan gapda «uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib» ravishdosh
oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini
ta’kidlab, alohida ohang yordamida ajratilgan.
Demak, ajratilgan bo`laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo`lagi shaklida
va 2) oborot shaklida bo`lishi mumkin.
|