51
buning sababi juda ko‘p omillarning amal qilishidadir. shaxslarning
jismoniy yetukligi,
qobiliyati, aql-zakovati va boshqalar ularning
ayni shu o‘ringa loyiq yoki loyiq emasligini belgilaydi. agar shaxs
noyob xususiyatlarga ega bo‘lsa, bu uning ishini ancha osonlashtiradi.
guruhlarning
ichki tuzilishi, tashkiliy uyushganligi ham shaxsning
ijtimoiy o‘rnini namoyon etishiga ta’sir etmay qolmaydi.
Asosiy tushunchalar
•
Shaxs – sivilizatsiya boshlangandan beri insonning sotsializmga,
uning turli darajalarda uyushib jamiyat hosil etganligiga tegishli
sifatlarini ifodalaydigan tushuncha.
•
ijtimoiy muhit – insoniyat dunyosi tabiati bilan bog‘liq jamiki
munosabatlar.
•
oila – inson zotini dunyoga keltirish zaruriyati,
asosiy er
va xotin, ota-onalar va farzandlarning maishiy hayot birligi,
axloqiy mas’uliyati va o‘zaro
hamkorligini ifodalaydigan
tushuncha.
Savollar va topshiriqlar
1. insonning shaxs bosqichi individ
bosqichisiz yuz berishi
mumkin edimi?
2. shaxs va sotsium munosabatlari qanday mexanizmda
kechadi?
3. Oilaning bosh vazifasi nima?
4. Oila ishtirokisiz shaxs shakllana oladimi?
11-§. ijtimoiylashuv*
shaxsning shakllanishida uni o‘rab tur-
gan muhit
va u intiladigan madaniy-
ijtimoiy ideallar hamda bajarishi lozim
bo‘lgan vazifalarining ham ahamiyati kattadir. bunday hodisani fanda
insonning ijtimoiylashuvi yoki sotsializatsiya yo‘li
bilan shaxsga
o‘tishi, deb atash qabul qilingan. buni izohlaydigan ko‘pgina qarashlar
mavjud.
Shaxsning «mEn»i
* ushbu paragraf falsafa fanlari nomzodi, dotsent F. saifnazarova tomoni-
dan yozilgan.
Dostları ilə paylaş: