9 4
!
«Hurishni eplolmagan kuchukcha» ham shu turkumga man-
subdir. Ertakda tasvirlanishicha,
bir kuchukcha aslida hurishi
lozimligini eshitgani holda, uning qanday bo‘lishini tasavvur
qila olmaydi.
Qolaversa, o‘zining qaysi zotga mansubligi, nima
bilan shug‘ullanishi lozimligini uzoq vaqt anglay olmay sarson
bo‘ladi. Kimdir unga «Kuchuk degani huradi-ku» deb ta’na
qilganda, yordam so‘rab xo‘rozga, kakkuga,
sigirga murojaat
qiladi. Biroq ular o‘z tabiatlariga ko‘ra nimaga qodir bo‘lsalar,
kuchukchaga shuni o‘rgatadilar: kuchukcha ular «yordamida»
xo‘rozday qichqirishni, kakkuday sayrashni, sigirday mo‘rashni
o‘rganib oladi, o‘zicha bu hunarlar
orqali mashhurlik darajasini
egallayman, deb xomxayolga beriladi. Bir dehqon qo‘liga
tushganda esa, uning umuman hurmasligi evaziga bo‘yniga
zanjir osiladi, har kungi nasibasi bir parcha suyak bo‘ladi.
Nihoyat, kuchukcha ovchi itning ko‘magi bilan o‘z mash-
g‘uloti «vovullash»dan iborat ekanini tushunib yetadi va vo-
vullab rohatlanadi. Bu, albatta, ertakning yuzaki mazmunidir.
Dostları ilə paylaş: