Ertakning birinchi tugashi
Kuchukcha chopib ketaveribdi, ketaveribdi, bir vaqt bir sigir
bemalol o‘tlab yurgan o‘tloqzordan chiqib qolibdi.
– Qayoqqa shoshib ketyapsan, kuchukvoy?
– O‘zim ham bilmayman.
– Unday bo‘lsa to‘xtab birpas damingni ol. Bu yerning o‘tlo-
g‘ini qara, ko‘m-ko‘k.
– Eh, gap o‘tloqda bo‘lganda-ku, o‘zim bilardim-a...
– Ha, nima bo‘ldi? Tobing yo‘qmi?
– Undan battari. Men hurishni bilmayman!
– Seni qara-yu, dunyoda eng oson narsa shu-ku! Quloq sol:
«Mo‘-o‘! Mo‘-o‘! Mo‘-o‘!..» Xo‘sh qalay, yoqdimi?
– Durust. Lekin bir narsani ko‘nglim sezib turibdi, menga
kerak bo‘lgan narsa bu emas. Chunki, sen sigirsan...
– Ha, albatta, sigirman...
– Men esa sigir emas, kuchukchaman.
– Kuchukcha bo‘lmay nimasan? Kuchukchasan. Xo‘sh, nima
bo‘pti shunga? Mening tilimda gapirishni o‘rganib olsang,
buning nimasi yomon ekan?
– Bu bilan sen juda zo‘r fikrni o‘rtaga tashlaganingni bila-
sanmi?
– Qanaqa fikrni?
8 9
– Mana, hozirgina mening miyamga kelgan fikrni-da. Men
barcha hayvonlar tilini o‘rganib olaman-da, sirkda tomosha
ko‘rsataman. Hamma meni olqishlab qarsak chaladi, men boyib
ketaman va shoh qiziga uylanib olaman. Kuchuklar shohining
qiziga, albatta...
– Barakalla, juda yaxshi o‘ylabsan buni! Qani, belni mah-
kam bog‘lab ishga kirishaver. Yaxshilab eshitib ol: «Mo‘-o‘-o‘!
Mo‘-o‘-o‘!»
– Mo‘-o‘...– o‘zicha g‘o‘ng‘illabdi kuchukcha.
Hurishni eplolmagan, lekin boshqa tillarni o‘rganishda zo‘r
qobiliyatga ega bo‘lgan kuchukcha qaysi desa, hech ikkilanmay
shuni ko‘rsatavering, yanglishmaysiz.
Ertakning ikkinchi tugashi
Kuchukcha chopib ketaveribdi, ketaveribdi... Yo‘lda unga bir
dehqon uchrabdi.
– Buncha shoshib, qayoqqa ketyapsan, hoy kuchukvachcha?
– O‘zim ham bilmayman...
– Unda men bilan yur. Menga xuddi senday bir kuchuk-
vachcha juda zarur edi – tovuqxonamni qo‘riqlaysan.
– Siz bilan jon deb borar edim-u, lekin bir aybim bor – hu-
rishni bilmayman.
– Ayni muddao-da! Hurishni biladigan kuchuklar faqat o‘g‘-
rilarga qo‘l keladi – cho‘chitib o‘g‘rini qochirib yuboradi. Se-
ning ovozingni esa ular eshitmaydi, yaqinroq keladi, shunda sen
ularni shappa tutib olib, talab-talab tashlaysan, ular qilmishiga
yarasha jazosini oladi.
– Bo‘pti, roziman, – deb javob beribdi kuchukcha.
Shu tariqa hurishni bilmaydigan kuchukcha o‘ziga munosib
ish topib olibdi, bir umr bo‘yniga zanjir tushib, kunda bir kosa
suyak nasibasi bo‘libdi.
|