Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


TRENINGNI YAKUNIY BOSQICHI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

TRENINGNI YAKUNIY BOSQICHI 
10.8. “Qayta aloqa” qismini tashkil etish 
Har qanday ishning yakuni boigani kabi trening mashg‘ulotlarinmg ham yakuni mavjud. 
Demak, Treningni yakunlash bosqichida “Qayta aloqa” o‘matish lozim. Ya’ni trening 
ishtirokchilari mashg'ulotdan nima oldi, birinchi kunda kutgan kutuvlari amalga oshdimi-yo‘qmi, 
o‘z muamraolarini yechish uchun ко nikma va malakalarni egallay oldimi va shu kabi savollaming 
javoblari sarhisob qilinadi. 
Trening mashg‘ulotini yakunlash bosqichi ishtirokchilar va treneming xayrlashuvidangina 
iborat boTib qolmasligi lozim. Trening mashg ulotlari trening ishtirokchilarining yodida katta 
taassurotlar bilan qolishida ushbu bosqichriing о mi katta. Buning uchun trening mashg‘ulotlari o‘z 
davomiyligiga ко га о tkazilib, yakuniga yetganidan solng, trener ishtirokchilar bilan qayta aloqa 
usulini qo llagan holda aloqa o‘matishi va ular o‘zlari kutgan natijani ola oldimi yoki yo‘q‘mi, 
shuni aniqlashi va shu asosda oTkazilgan trening samarali yoki samarasiz bo lganligim i aniqlashi 
lozim. 
Trener yoki uning guruhda birga faoliyat yuritayotgan sherigi guTuhdagi har bir 
ishtirokchidan o‘z kutishlari amalga oshgan yoki oshmaganligini so‘rab chiqadi. Bu suhbatdan 
maqsad - guruhdagi har bir a’zoning kutishi qay darajada amalga oshganligini bilish va eng 
asosiysi, trening maqsadiga erishgan yoki erishmagaligini bilishdan iborat. Buning uchun trener 
tomonidan oldindan tuzilgan anketalar tarqatiladi va ishtirokchilarga bu anketani anonim tarzda to 
ldirilishiga imkon yaratiladi. Chunki ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini aniq va ochiq-oydin yozib 
berishi uchun u himoyalanganlikni his etishi lozim. Anketada “Sizga mashg ulot yoqdimi?”, 
“Mashg‘ulotdan o‘zingiz uchun qanday foydali jihatlami oldingiz? , “Mashg‘ulotdan olgan bilim, 
ko'nikama va malakalaringizdan hayotingiz davomida foydalanishingizga ishonasizmi?”, 
“Mashg‘ulot jarayonida Sizga yoqmagan holatlami yozing?”, “Trenerlarga qanday tavsiyalaringiz 
bor?” kabi savollar bilan murojaaat etiladi. Bundan tashqari ishtirokchilaming kutuvlarini 
aniqlashda anketa savollari quyidagi ko‘rinishda boTishi ham mumkin: “Menga treningda yoqqan 
narsa “Men mashg‘ulotda ... lar haqida ma’lumotga ega bo'ldim!” 
“Men navbatdagi uchrashuvda ... ni isbot qilaman.”
Anketalami yig‘ib olishda treneming o‘zi ulami har bir ishtirokchidan birma- bir, tekshirib 
qabul qilishi zarur. Bundan maqsad, ishtirokchilaming ayrimlari turli sabablar bilan anketa 


68
savollariga javob yozmagan holda qaytib berishlarining oldini olishdir. 
Treningni yakunlash bosqichini tashkil etish trenerdan chuqur bilim va juda katta mahorat 
talab etadi. Bu jarayonda u ishtirokchilarga nisbatan mehrini va hissiyotlarini ochiq ifodalash 
imkoniga ega bo‘ladi. Quyida yakunlash bosqichini о tkazishda nimalarga e tibor berish lozimligi 
haqida ayrim tavsiyalar havola etiladi.
Bu jarayonda treneming vazifasi nimalardan iboratligini ko‘rsatib o'tish lozim.
- trening yopilishini yuqori hissiy toTqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish har 
bir ishtirokchiga o‘z hissiyotlarini ifodalash uchun qulay sharoit yaratish
- ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o'zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish
- ulardan bo‘lib o'tgan trening samarasi haqida fikrlarini so‘rash
- hamda ishtirokchilarga nisbatan o‘z moyilligini namoyon etish. 
Albatta, har qanday trening mashg‘ulot ishtirokchilarida katta taassurot qoldirishi va ular 
uchun ma lum bir samaraga ega boTishi mutaxassislarga ma’lum. Lekin treneming o‘zi o‘zidan 
qoniqish hosil qilishi uchun mashg‘ulotnmg ayrim jihatlarini aniq yakun topganligini bilib olishi 
zarurki, bu unga keyingi guruhlar bilan ishlash jarayonida asqotadi. 
Trener “qayta aloqa”ni amalga oshirishida bir qancha usullar mavjud boTib, ulardan eng 
asosiylarini sarrnb o‘tamiz: 
Poster - bu juda oddiy texnika boTib, trening mashg‘ulotining boshida trener xonaga 2 - 3ta 
plakat joylashtiradi va bu plakatlarga ishtirokchilar o‘z kutuvlarini yozadilar, treningni yakunida esa 
trener va ishtirokchilar birgalikda bu kutuvlaming mohiyati hamda ulaming amalga oshganlik 
darajasini muhokama qiladilar. 
Kutuvlar daraxti - bu juda rang-barang texnika bo’lib, treneming oldindan tayyorgarlik 
ko‘rishi talab etiladi, ya’ni trener oldindan turli rangli kartochkalar (stiker), katta vatmanga 
chizilgan daraxt rasmini tayyorlab qo'yadi va guruhni 3-4 ta kichik guruhchalarga boiadi. Har bir 
guruh o‘z kutuvlarini daraxt barglari shaklida qirilgan kartochkalarga umumlashtirib yozadi va 
oldindan chizilgan daraxtga yopishtirib chiqadi. Agar ishtirokchilaming soni kam bo‘lsa, u holda 
har bir ishtirokchiga o‘z kutuvini alohida yozish taklif etiladi. Mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng 
anketa savollari yig‘ib olingach, trener “Kutuvlar daraxti”ni yana doskaga yoki ko'rinarli 
joylashtiradi va ishtirokchilarga turli xil mevalar shaklida qirqilgan stikerlami tarqatadi. 
Ishtirokchilarga mashg'ulotlarga kelishdan maqsadlari yoki birinchi kunda o‘zlari kutgan kutuvlari 
mashg'ulot jarayonida amalga oshgan-oshmaganligini qayd etish so‘raladi. So‘ng bu “mevalar” 
daraxtning shoxlariga yopishtiriladi. Trener dastlabki kutuvlar darxt barglari boTgan boTsa, 
kutuvlaming amalga oshiganligi, erishilgan natijalar go‘yoki daraxt mevalari ekanligiga nisbat 
beradi va “meva’Targa yozilgan fikrlami o‘qib, guruh bilan birgalikda muhokama etadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin