Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Trenerning guruhiy dinamikani bilishi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

10.5. Trenerning guruhiy dinamikani bilishi 
Dinamika - o‘sish, o'zgarish, rivojlanish ma’nolarini ifodalovchi atama hisoblanib, guruhiy 
dinamika deganda ma’lum bir guruhning tashkil bo lishidan boshlab toki uning tarqab ketishigacha 
boTgan barcha jarayonlar tushuniladi. 
Guruhlar psixologiyasida aytilishicha notanish odamlar bir joyga to planganda guruhda 
maTum bir zo‘riqish paydo bo‘ladi. Bu qonuniyatni trening guruhlariga tadbiq etilsa, bir-birlariga 
mutloqo notanish bo'lgan kishilar to plangan joyda albatta o'ziga xos zo'rujish paydo bo'ladi. 
Trening boshlanishidanoq treneming vazifasi shu zo‘riqishni iloji boricha yumshatishga harakat 
qilishdan iborat. Buning uchun trener guruhda noqulay vaziyatlar vujudga kelmasligi yoki vujudga 
kelgan noqulay holatlami bartaraf etishga mo’jallangan guruh bilan qay usulda ishlash rejasini 
puxta o ylab chiqishi kerak. Shuningdek trener guruhiy dinamikaning o'ziga xos jihatlarini, ya’ni 
guruhning bir necha rivojlanish bosqichlari borligini bilishi shart. Trening guruhlarida guruhiy 
dinamikaning quyidagi bosqichlari farqlanadi:
1. Boshlang'ich bosqich — notanish muhit va noaniq vaziyatda ishtirokchilar ichki 
bezovtalikni his qiladi, о zlariga yaqin sherik izlaydi, har bir ishtirokchini "Men o'zimni qanday 
tutishim kerak" degan savol o'ylantiradi. Bu bosqich ishtirokchilaming individual xususiyatlariga 


65
qarab 10 minutdan to kunning oxirigacha davom etishi mumkin. 
Treneming vazifasi: isbtirokchilami bir-biri bilan tanishtirishda samimiylik muhitini yarata 
olish, fikrini ochiq bayon qilgan ishtirokchilami qo'llab-quwatlash, sust ishtirokchilami 
mashg'ulotga jalb qilishdan iborat. 
 2. 0‘tish bosqichi — bunda ishtirokchilar o'rtasida ancha yaqinlik paydo b o 'la boshlaydi. 
Endi ular treneming o'zini baholay boshlaydilar, ya’ni uning o'zini tutishi, guruhga aralashib ketishi, 
guruhni faollashtirishi, hozirjavobligi, bilim doirasini kuzatishadi va o'zaro muhokama qilishadi. 
Treneming vazifasi ishtirokchilarda namoyon bo'layotgan hissiyotlami e tibordan chetda 
qoldirmaslik, guruh erishmoqchi bo'lgan maqsad va kutishlami amqlash, gumh a’zolari o'zlarini 
qanday his etayotganligiga e’tibor berish. Asosiysi ishtirokchilami qanday bo'lsa shundayligicha 
qabul qilish va ulami o'zgartirishga urinmaslikdan iborat.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin