Almashlab ulash blankalari raqamlangan bo‘lishi shart. Ishlatilgan blankalar o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.
63. Ajratgichlari noto‘g‘ri operatsiyalar amalga oshirilishiga yo‘l quymaydigan ishchi holatdagi blokirovkalari
bo‘lgan 1000 V dan yuqori kuchlanishli bitta birikmada bajariladigan, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha
bo‘lgan panel va yig‘malardagi barcha operatsiyalarning tezkor xodim tomonidan yakka o‘zi, almashlab ulash
blankalarini to‘ldirmasdan, lekin tezkor jurnalga yozish sharti bilan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
64. Elektr uskunalaridagi almashlab ulashlarda quyidagi tartibga rioya qilish shart:
almashlab ulashga topshiriq olgan tezkor xodim uni takrorlashi, tezkor jurnalga yozib qo‘yishi va tezkor
sxema yoki sxema-maket bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar tartibini tuzishi, kerak bo‘lsa almashlab
ulash blankasini tuzishi shart. Tezkor xodimlarning muloqotlari imkon boricha qisqa va aniq bo‘lishi shart.
Qo‘llanilayotgan tezkor muloqot tili xodimlar tomonidan qabul qilinayotgan xabarlar va berilayotgan
farmoyishlarni noto‘g‘ri tushunishga yo‘l qo‘ymasligi shart. Farmoyish beruvchi va uni qabul qiluvchi
operatsiyalar tartibini aniq ko‘z oldiga keltirishi shart;
agar almashlab ulashni ikkita xizmatchi bajarsa, buyruq olgan xodim ulanishlarni tezkor sxema bo‘yicha
almashlab ulashda ishtirok etadigan ikkinchi xizmatchiga bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalarning tartibi va
ketma-ketligini tushuntirishi shart;
bajarilayotgan almashlab ulashlar to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lganda, ularni to‘xtatish va ulanishlarning
tezkor sxema bo‘yicha talab qilinayotgan ketma-ketlikni tekshirish kerak;
almashlab ulash bo‘yicha topshiriq bajarilganidan keyin tezkor jurnalga bu haqda yozib qo‘yish shart.
65. Bevosita almashlab ulashlarni bajarayotgan tezkor xodimga o‘zboshimchalik bilan blokirovkalarni
ishdan chiqarib qo‘yish man etiladi.
Blokirovka nosozligi aniqlanganda, xodim bu haqda tezkor xodimlardan kattasiga xabar berishi va
blokirovkani vaqtincha ishdan chiqarib, bajariladigan operatsiyalarni faqat uning ruxsati va rahbarligi ostida
bajarishi mumkin.
66. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalardagi barcha murakkab almashlab ulashlarni
ikkita xizmatchi bajarishi shart: bittasi bevosita almashlab ulashlarni bajaradi, ikkinchisi esa operatsiyalar
bajarilishining to‘g‘riligini va ketma-ketligini nazorat qiladi.
Almashlab ulash blankasini almashlab ulashni o‘tkazishga farmoyish olgan navbatchi to‘ldiradi. Blankani
almashlab ulashni o‘tkazgan har ikki xizmatchi imzolaydi.
Lavozimi bo‘yicha katta xodim almashlab ulashni bajarishda nazorat qiluvchi bo‘ladi.
Barcha holatlarda almashlab ulashning to‘g‘riligi uchun javobgarlik operatsiyalarni bajargan ikkala
xizmatchiga yuklanadi.
67. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan komplekt taqsimlovchi qurilmalarda (komplekt transformatorli
podstansiyalarda) almashlab ulashlar, shu jumladan uskunalari bor aravachalarni kiritish va chiqarish,
shuningdek, 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalarda, panellarda va yig‘malarda almashlab
ulashlarni ushbu elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan tezkor xodimlardan bo‘lgan bir xizmatchining
bajarishiga ruxsat beriladi.
68. Elektr qurilmada kuchlanish avariyaviy yo‘q bo‘lganda, tezkor xodim uning istalgan vaqtda
ogohlantirmasdan paydo bo‘lishini bilishi va bunga tayyor bo‘lishi shart.
69. Xodimlarning doimiy navbatchiligi mavjud bo‘lgan elektr qurilmalarini ta’mirlashda yoki sinashda
bo‘lgan uskunaga kuchlanish faqat u tezkor xodim tomonidan qabul qilinganidan keyin beriladi.
Xodimlarning doimiy navbatchiligi mavjud bo‘lmagan elektr qurilmalarida ta’mirlashdan yoki sinashdan
keyin uskunani qabul qilish tartibi elektr qurilmaning xususiyati va XTQ talablari hisobga olingan holda mahalliy
yo‘riqnomalarda belgilanadi.
70. O‘z zanjirida o‘chirgichga ega bo‘lgan ulanmani o‘chirish, kuchlanish ostiga qo‘yish va ishga tushirish
o‘chirgich yordamida bajarilishi shart.
Alohidalagichlar, ajratgichlar, komplekt TQlar, shu jumladan tashqi o‘rnatilgan komplekt TQ
birikmalarining ajratuvchi kontaktlari bilan quyidagilarni o‘chirishga va ulashga ruxsat beriladi:
110 — 220 kV kuchlanishli kuch transformatorlarining neytrallarini;
6 — 35 kV kuchlanishli erga ulanadigan yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni, agar tarmoqda erga tutashuv yo‘q
bo‘lsa;
6 — 220 kV kuchlanishli kuch transformatorlarining magnitlovchi tokini;
elektr uzatuvchi havo va kabel tarmoqlarining erga ulanish tokini va zaryadlanish tokini;
shinalar tizimining zaryadlanish tokini, shuningdek, ulanmalarning zaryadlanish tokini ta’minlovchi
energetika tizimining normativ-texnik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda.
6 — 10 kV kuchlanishli halqali tarmoqlarda 70 A gacha tenglashtiruvchi toklarni ajratgichlar yordamida
o‘chirishga, tarmoqni halqaga tutashishga esa ajratilgan kontakt birikmalarida kuchlanishlar farqi 5 foizdan ko‘p
bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
10 kV va undan past kuchlanishli tashqi va ichki o‘rnatilgan, mexanik yuritmali, uch qutbli ajratgich bilan 15
A gacha bo‘lgan yuklama tokini o‘chirishga va ulashga ruxsat etiladi.
Agar o‘chirgichni o‘chirish uning buzilishiga va podstansiyaning toksizlanib qolishiga olib kelishi mumkin
bo‘lsa, bitta o‘chirgich yoki shinalar tizimi boshqa birikmalarining bir nechta o‘chirgichlari zanjiri bilan
shuntlangan 220 kV li buzilgan o‘chirgichni ajratgichlari bilan masofadan o‘chirishga ruxsat beriladi.
Ajratgichlar yordamida o‘chiriladigan va ulanadigan toklarning ruxsat etilgan qiymatlari ta’minlovchi
energetika tizimining NTHlarida aniqlangan bo‘lishi kerak.
Turli elektr qurilmalari uchun operatsiyalarni bajarish tartibi va shartlari mahalliy yo‘riqnomalar bilan
tartibga solingan bo‘lishi kerak.
Quvvati 750 kVA va undan past bo‘lgan transformatorlarning magnitlovchi tokini kuchlanishi 10 kV va
undan past bo‘lgan tashqi yoki ichki o‘rnatilgan, mexanik yuritmali, standart uch qutbli ajratgichlar bilan
o‘chirishga hamda ulashga ruxsat beriladi.
Dostları ilə paylaş: