66
shoirdan o‘ndan ziyod dostonni o‘rganib oldi. 24-25 yoshlarida mustaqil
dostonchi sifatida tanildi.
Shoirdan “Alpomish”, “Yodgor”, “Yusuf va Ahmad”, “Murodxon”,
“Rustamxon”, “Shirin bilan Shakar” kabi o‘ttizga yaqin doston yozib
olingan.
Istiqlol yillarida shoir ijodini o‘rganish, baxshichilik san’atini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda
(134 ta so’z).
EZGULIKKA ESH HADISLAR
Payg‘ambarimiz
Muhammaddan:
«Mo‘minlarning
qaysinisi
afzalroq?»- deb so‘raganlarida, ul zot: «Xulqlari go‘zalroqlaridir»,- deb
javob bergan ekanlar. ha, go‘zal xulqli kishilar har doim, har qayerda
qadrlanib kelingan, boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatilgan.
Yosh avlodni ana shunday insonlar qilib tarbiyalashda hadisi
shariflarning o‘rni beqiyosdir. Fikrimcha, hadislar o‘qib, unga amal
qilayotgan yoshlardan faqat ezgu ishlarni kutish mumkin. Zero, hadislar
dillarimizni imon nurlari bilan charog‘on etib, bizni solih amallar qilishga
undaydi.
Bir kursdoshim keyingi paytlar ancha «o‘zgardi». Endi u har
daqiqasidan unumli foydalanishga harakat qilayapti. Buni uning shunchaki
ko‘ngil yozish uchun qilinadigan kursdoshlar suhbatidan o‘zini olib
qochishga urinayotganlaridan ham bilib olsa bo‘ladi. Tengdoshlar
davrasida ilm-ma’rifat, insoniy fazilatlar to‘g‘risida gap ketganda esa
«davraning guli»ga aylanadi. So‘zlariga e’tibor bilan quloq solaman.
Gaplari mazmunga boy, fikrlari teranlashgan. Buning sababi bilan qiziqib
ko‘rdim. Bilsam, kursdoshim hadis o‘qib, iloji boricha unga amal qilishni
niyat qilibdi. Qaysidir ma’noda bunga erishibdi ham.
(«Hurriyat» gazetasi,
2002 yil, 29 dekabr) (139 ta so’z).
Dostları ilə paylaş: