63
Zargarning talabini qondirishibdi. U
uch kun ichida chindan ham
taxtni bitiribdi. Podshoh hayron qolibdi.
– Shuncha muddatda qilolmagan ishingni qandoq qilib uch kunda
bitirding?,– deb so‘rabdi.
– Saroyda men uchun hamma narsa yetarli edi-yu, lekin ilhom manbai
bo‘lgan o‘z
muhitim yetmay turgan edi, shunung uchun ham ishni bitira
olmayotgandim, – deb javob beribdi zargar.
(O‘. Hoshimov) (130 ta so‘z).
SOVG’A BERISH ODOBI
Tuhfa to’yga,
yangi uyga, tavallud kuniga qarindoshlar, do’stlar yoki
hamkasblardan sovg’a qilinadi.
Tuhfa qilib soat, uy jihozlari,
televizor,
fotoapparat kabilar beriladi.
Har qanday sovg’a ko’ngildan chiqarib beriladi. Sovg’a bergandan
so’ng undan qanday foydalanish haqida maslahat berilmaydi. Olib
borilgan sovg’a haqida maqtanib gapirilmaydi. Sovg’a e’tibor
va ochiq
chehra bilan qabul qilib olinadi. Sovg’a olib kelgan mehmon ham, olib
kelmagan mehmon ham bir xilda xushmuomalalik bilan kutib olinadi.
Sovg’aning katta-kichikligiga qarab muomala qilish yaramaydi.
Sovg’aning suvenir, tuhfa va taqdim turlari mavjud.
Suvenir so’zi aslida turkcha “sevinur”, so’zidan olingan bo’lib, kishini
sevintirish uchun tortiq qilinadi. Suvenir sifatida avtoruchka, to’g’nog’ich
va boshqa bezaklar, qo’g’irchoq yoki o’yinchoq beriladi.
Taqdim esa ziyofat, mehmondorchilik, tug’ilgan kun munosabati bilan
beriladi. Ayniqsa ayollarga guldasta yoki atir – upa ko’proq taqdim etiladi
(
121 ta so’z).
Dostları ilə paylaş: