104
Tarixga nazar tashlasak, qaysi yurtni bosqinchilar istilo qilgan bo‘lsa,
avvalo o‘sha xalqni ma’naviy jihatdan asir etishga uringan. Maqsad –
ma’naviy qashshoq va manqurt kishilarni tarbiyalash bo‘lgan. Chunki bu
holda odamlarni boshqarish va qullikda ushlab turish juda oson yumushga
aylanadi. Chunonchi, arablar Movarounnahrni ishg‘ol etgandan so‘ng
birinchi navbatda olim-u fuzalolarni qirib tashlagan.
Lekin shunday bo‘lsa-da, bosqinchilar
hech qachon maqsadlariga
erisha olmagan. Chunki xalq xotirasini yo‘qotish, uni batamom qirib
yuborish oson ish emas. Ma’naviyatning qadim ildizlaridan oziqlanuvchi
xalqning mutafakkir va ziyoli farzandlari
ozodlik uchun jon olib, jon
bergan, xalq xotirasining o‘lmasligi, irodasining bukilmasligiga timsol
bo’lib qolavergan. Zero, Cho‘lpon ta’biri bilan aytganda,
xalq dengizdir,
to‘lqindir, kuchdir. Bizning bugungi ozod hayotimiz ham xalq xohish-
irodasining timsoli, ma’naviyatning teran va jonbaxsh ildizi demakdir.
Ma’naviy yangilanish jarayonini boshdan kechirayotgan xalqimiz
taraqqiyot pillapoyalarida shaxdam odimlamoqda
(176 ta so’z).
Dostları ilə paylaş: