5
respublikamizda iqtisodiy islohotlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z
navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni
amalga oshirishni talab etadi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiyotni
erkinlashtirish, davlatning boshqaruvchilik funktsiyalarini qisqartirish va uning
iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. Kichik biznesni rivojlantirish orqali
xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar
ochib berish, shu bilan birgalikda byudjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik vazifalari
belgilangan. Ushbu iqtisodiy vazifalardan kelib chiqqan holda davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishning to’g’ri oqilona yo’nalishlarini ishlab chiqish va
amaliyotga tadbiq etish lozim. Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlashni
takomillashtirish,
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish
va
moliyaviy
ahvolni
mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirishdir. Daromad
solig’ining yuqori bo’lishi korxonalarni o’z mablag’larini o’zi ishlab chiqarishni
rivojlantirishga, zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan qayta qurollantirishga,
o’z aylanma mablag’larini to’ldirishga sarflashiga to’sqinlik qiladi. Bu esa ishlab
chiqarishning pasayishiga olib keladi. bu esa moliya tizimini barbod bo’lishiga,
ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga olib keladi.
Yuqoridagi holatlar hozirgi kunda ilmiy izlanish mavzusining dolzarbligini va
bu sohadagi muammolarni hal etish davlat iqtisodiy islohotlarining birlamchi
o’rinda turishini tasdiqlaydi va mazkur muammolarni hal etishning maqsad va
vazifalarini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: