Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


III.  Yangi mavzu bayoni



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/28
tarix16.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#125433
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
III. 
Yangi mavzu bayoni
Aziz o‘quvchilar, biz o‘tgan darsda fe’l zamonlari haqida umumiy ma’lumot 
olgan edik. Fe’l uchta zamonga ega ekanligini: o‘tgan zamon, hozirgi zamon va 
kelasi zamonlardan iborat ekanligini bilib olgan edik. Bugungi darsimizda esa 
shulardan o‘tgan zamon shakllariga chuqurroq to‘xtalib o‘tamiz.
O‘tgan zamon shakli harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin 
bo‘lganligini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga –di, -(i)b, -gan(kan,qan) 
qo‘shimchalarini va ulardan keyin shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali 


61 
yasaladi. Bu o‘tgan zamon fe’l shaklining hozirgi o‘zbek tilidagi yasalishi 
hisoblanadi. O‘tgan zamon shakllarini qadimgi asarida fe’lning zamon shakllarini 
ko‘plab uchratishimiz mumkin. Faqat o‘tgan zamon shakllari kam qo‘llangan. Bu 
fe’lning birinchi shaxs ko‘pligi bir necha o‘rindagina mavjud ekan. 
Masalan:turduq, kelduk, barduq kabilar. 
Navoiy asarlarida ham o‘tgan zamon –mish affiksini qo‘shish orqali 
yasalgan.
Masalan: Faramush olmisham ahbob yadidin aningdekim, 
Valolar ichki kim salmish firoqing. 
206-mashq. Gaplarni ko‘chiring. O‘tgan zamon fellarini toping
1.Qizlar to‘da-to‘da bo‘lib lapar aytishdi. 
2.Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay Ganini uyga yuboribdilar. 
3.Aka-ukalar to‘qayda bo‘ri, to‘ng‘iz, tulkilar ko‘p bo‘lishini eshitgan 
edi. 
4.Manashu shotutni bobosi ekkan ekan. 
207-mashq. Bu mashqni ,,Mosini tanlang” usuli yordamida bajaramiz. 
Bunda quyida berilgan fe’llardan mosini tanlab gaplarni tugallash zarur. Har bitta 
guruhga alohida plakat tarqatiladi. Mashq tekshirilib g‘olib guruh baholanadi. 
1. 
Atrof 
ko‘m-ko‘k 
bo‘lib, 
yo‘l 
chetida 
qoqigullar, 
lolalar, 


62 
chuchmomalar qiyg‘os ochilib … . 
2. 
Men juda quvondim: mana, endi o‘sib ham …, yoshim o‘n to‘rtga …, 
odamlar menga ishonadigan bo‘lib …, deb ich-ichimdan …. . 
3. 
Men tez-tez Toshkentga kelib …. . 
4. 
Bolakay tog‘lar orasida yashovchi cho‘pon tog‘asini juda yaxshi …. . 
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun ,,Qarorlar shajarasi” usulidan 
foydalanamiz. Uchta guruhga ham bittadan qog‘oz beriladi. Bunga guruhlar fe’l 
haqida o‘rgangan bilimlarini yozishadi. 5 daqiqa vaqt beriladi. Qaysi guruh tez
aniq, to‘g‘ri va ko‘p ma’lumot bersa, shu guruh g‘olib bo‘ladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin