boyituvchi yo’ldir. Bu esa tarix o’qitishni
milliy asosga qurishni, xalqimizning mehnatsevarlik,
hamkorlik, do’stlik, insonparvarlik, ozodlik va mustaqillik, ma'rifatparvarlik kabi
an'analari, imon, insof, mehr – oqibat, or-nomus, kattaga hurmat, kichikka izzat, Vatanga
hamda xalqqa sadoqat kabi olijanob fazilatlarini chuqur o’rganishni
asosiy vazifa qilib
qo’yadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, respublikamiz maktablarida O’zbekiston
tarixining mukammal o’rganilishi va o’qitilishi o’quvchilarning mamlakatimiz xalqi tarixi
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilib olishlari uchun ham qulay sharoit yaratadi,
ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
Tarix fani dasturida o’lkani o’rganish, tarixiy o’lkashunoslik ishlari natijasida to’plangan
materiallardan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanishga ham o’rin berilgan.
Ilg’or o’qituvchilar tajribasi va bu tajribalardan kelib chiqadigan xulosalar O’zbekiston
tarixini o’rganishda o’lka tarixi va mahalliy materiallaridan foydalanish o’quvchilar bilimini
kengaytirishi va chuqurlashtirishni tasdiqlaydi.
Tarix o’qitishda tarixiy o’lkashunoslik materiallaridan foydalanish muhim talablardan
birini, ya'ni o’qitishni xayot bilan, mustaqillikning rivojlanishi bilan bog’lab olib borish
haqidagi tamoyilni anglab oshirishga yordam beradi.
O’lka materiali tarix kursidagi tarixiy dalillarni voqea
va hodisalarni oydinlashtirish, ular
haqida o’quvchilarda aniq tarixiy tasavvur paydo qilishga yordam beradi, o’qitishning
samaradorligini oshiradi, darsda tarixiy o’tmishni «jonli tarzda idrok etish» uchun o’ziga xos
psixologik holatni yuzaga keltiradi, o’quvchilar uchun yaqin, tanish va tushunarli dalillarni
tahlil qilih imkonini beradi.
O’lkashunoslik to’g’risida to’xtaladigan bo’lsak, o’lkashunoslik 3 ga bo’linadi.
1.
Ilmiy, ya'ni davlat o’lkashunosligi;
2.
Jamoat o’lkashunosligi;
3.
Maktab o’lkashunosligi;
Har uchala turi bir – biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bir – birini to’ldiradi.
Davlat o’lkashunosligi bilan Respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni muxofaza qilish
hamda ulardan foydalanish qo’mitasi, muzeylar, Respublika Fanlar
Akademiyasi qoshidagi
tarix, arxeologiya ilmiy – tadqiqot instituti shug’ullanadi.
Jamoat o’lkashunosligi qishloq, ovul, qo’rg’on, tuman, shahar va viloyat hududidagi
tarixiy obidalarini saqlash, asrash ishlariga boshchilik qiladi. Odamlarning etnogenezi va urf
– odatlarini o’rganadi.
Maktab o’lkashunosligi esa maktabda bevosita tarix o’qituvchilari rahbarligida tuziladi.
Maktab o’lkashunosligi tarix fanlaridan olgan bilimlarni oydinlashtiradi, kengaytiradi hamda
har xil fanlarning o’zaro aloqalarini ta'minlaydi.
Maktab o’lkashunosligi tarixiy obidalarni saqlash va himoya qilish, qadimiy manzilgohlarni
topishda ham katta yordam beradi. U o’qituvchilarga sinchikovlik, tirishqoqlik, tevarak –
atrofga
havas bilan boqish, tadqiqotga qiziqish, Vatanni sevish va uni ardoqlash hislari
shakllantirib boradi. Darhaqiqat, maktab o’lkashunosligi o’quvchilarda o’z Vataniga mehr
uyg’otish bilan birga ularni estetik ruhda tarbiyalashga ham munosib hissa qo’shadi.
II. Tarix darslari va darslardan tashqari mashg’ulotlarda o’lka materialining tutgan o’rni tarix
dasturi talablari bilan va mahalliy materialning mohiyatiga qarab belgilanadigan o’lka
materiallari asosan 2 turga bo’linadi.
1. Tarix dasturi va darsliklarga kiritilgan, Vatan tarixini o’rganish uchun eng muhim voqealarga
doir materiallar. O’lkashunoslik materialining bu turidan foydalanish o’quvchilarga
umumiy tarixiy mavzularni mahalliy o’lka tarixi bilan bo’lab o’rganish imkoniyatini beradi.
Masalan, 9 – sinfda «Birinchi jahon urushi» to’g’risidagi mavzuni «Jahon tarixi» fanidan
o’tayotganda, o’sha davrda O’zbekistonda, xususan mahalliy o’lkada ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy ahvol, urushga munosabat to’g’risidagi dalillarni keltirish joiz.
2. Tarix dasturi va darsliklarga kiritilmagan, ammo tarixni o’rganishda ta'lim –
tarbiyaviy
jihatdan juda muhim o’quvchilarni mustaqil va ijodiy ishlashga o’rganishning muhim vositasi
bo’lib xizmat qiladigan binobarin, qo’shimcha ravishda kiritilishi zarur bo’lgan o’lka
materiallari. O’lka materiallarining bu turidan:
A)
Vatan mikyosidagi voqealarda o’lkaning tutgan o’rnini ko’rsatish maqsadida
foydalaniladi. Masalan, «Vatan urushining tugashi» mavzusini o’qituvchi o’z shahri yoki
kqshlog’iga urushdagi g’alabaning kirib kelishi, uning katta ahamiyat kasb etganligi bilan
yakunlaydi.
B) Mahalliy material umumiy tarixiy hodisalarni oydinlashtirishga xizmat qiladi.
V)
O’ lka materiallari o’quvchilarga umumiy tarixiy jarayonlar
va qonuniyatlarni
tushuntirishda asosiy dalil bo’lib xizmat qiladi.
G)
O’ka materiali tarixni zamonga bog’lab tushuntirishda mustaqillikning afzalliklarini
hayotiy misollarda, ishonarli tarzda ko’rsatib berishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Masalan, o’qituvchi respublikamizning sobiq ittifoq tarkibida bo’lgan davridagi salbiy
tomonlarini gapirib, o’lkamizda mustaqillikning afzalliklarini isbotlab beradi.
Tarix o’qitishda o’lka materiallaridan quyidagi usullar yordamida foydalaniladi.
1.
Mahalliy o’lka materiali asosida maxsus darslar o’tkazilib, o’quvchilarning umum
tarixiy mavzular bo’yicha bilimlari kengaytiriladi va to’ldiriladi.
2.
O’lka materiali umumtarixiy mavzuning uzviy qismini tashkil etishi, mavzu ichidagi
masalalarning birortasini yoritish uchun asos qilib olinishi mumkin.
3.
O’lka materiali o’qituvchi bayonini aniqlashtirish, uning ishonchli bo’lishini
ta'minlash, tasdiqlash yoki to’ldirish uchun xizmat qiladi.
4.
O’lka materiali asosida dars jarayonida va darsdan
tashqari mashgulotlarda, ayniqsa
o’lkashunoslik to’garaklarida o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi.
Shunday qilib, tarix o’qitishda o’lka materialidan foydalanish o’quvchilarga yaqin, tanish
va tushunarli bo’lgan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish hamda ular haqidagi mavjud
tasavvurlarini ishga solishga yordam beradi, ularning darsdagi bilish faoliyatini yanada
faollashtiradi, o’qitishning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Tarix o’qitishda o’lka materiallaridan foydalanish afzalligining sabablaridan biri shuki,
dars asosan ko’rsatmali metodga, o’lka muzeylari, tarixiy joylar va tarixiy yodgorliklarga
asoslanadi. Shuningdek, to’la yoki qisman o’ka materiali asosan o’tkaziladigan darslarda
o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida o’lkani mustaqil o’rganish
asosida tayyorlagan
ma'ruzalari eshitiladi. O’qituvchi bosh bo’lib o’quvchilar to’plagan va tartibga solgan o’lka
materiallaridan darsda foydalanish sinfdan tashqari o’lkashunoslik ishlarini bilan darslardagi
o’lkashunoslik mazmunini bog’laydi.
Dostları ilə paylaş: