qo’llash – bu yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv
jarayonida qo’llashdir.
O’qitish uslublari va texnikalari. Ma’ruza (kirish, mavzuiy,
ma’lumotli, ko’rgazmali (vizuallashgan), anjuman, aniq vaziyatlarni
yechish), munozara,
muammoli uslub, pinbord, aqliy hujum, tezkor-
so’rov, savol-javob, amaliy ishlash usullari.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot,
hamkorlik va o’zaro o’qitishga
asolangan frontal, jamoaviy va
guruhlarda o’qitish.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (o’quv qo’llanma,
ma’ruza matni, tarqatma materiallar) bilan bir qatorda – chizmali
organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor qaytar aloqaga
asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Qaytar aloqalarning (ma’lumotning) usul va vositalari: tezkor-
so’rov, o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini
belgilab
beruvchi
texnologik
karta
ko’rinishidagi
o’quv
mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan
maqsadga erishishda
o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya
mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida va butun kurs
davomida mavzu yuzasidan nazorat savollarini berib borish orqali
o’qitishning natijalari rejali tarzda kuzatib boriladi.
Kurs oxirida test
topshiriqlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.
Ushbu o’quv-uslubiy majmua asosida “Tarix o’qitish metodikasi”
yaratilgan bo’lib, unda ma’ruzalarni o’rganish bo’yicha bakalavr ta’lim
yo’nalishlari uchun davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, o’quv
qo’llanma, ta’lim texnologiyasi, ko’rgazmali
taqdimot slaydlari, test
savollari, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ro’yxati
jamlangan.
Mazkur o’quv-uslubiy majmuada hozirgi zamon “Tarix o’qitish
metodikasi” masalalarini o’rganish ko’zda tutilgan. Bo’lajak
bakalavrlarni o’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarida amaliy mashg’ulotlar olib borish ko’nikma va
malakalarini
shakillantirish, bo’lajak o’qituvchilarni Tarix o’qitish
metodikasining mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishtirish.
Dastur ma’ruzalar va seminar mashg’ulotlarini internetdan olingan
yangi ma’lumotlar asosida ko’rilishini ko’zda tutadi.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun
tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan o’qituvchilar,
ilmiy
xodimlar,
aspirant
va
tadqiqotchilar,
magistrantlar,
respublikamizda metodika sohasida olib borilayotgan ilmiy
tadqiqotlarga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.