Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

Xususiy 
tadbirkorlikni 
shakllantirish 
va 
kengaytirishni 
rag‘batlantirishda optimallashtirish va imtiyozli kreditlash masalalari 
hal qiluvchi omil bo‘lmoqda. 
Faqat 2011-yil yakunlariga ko‘ra, ushbu tarmoqni rivojlantirish va 
rag‘batlantirishga mamlakatimiz banklari tomonidan 2,5 milliard dollarga 
teng qiymatdagi kreditlar ajratildi, bu berilgan umumiy kreditlar hajmining 
26 foizini tashkil etadi. 
Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, 
Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlari, BMT tuzilmalari, 
Arab Muvofiqlashtirish guruhi mamlakatlari, Janubiy Koreya, Xitoy, 
Germaniya hukumatlari, boshqa davlatlar va tashkilotlar tomonidan bu 
borada ko‘rsatilayotgan katta yordamni yuksak qadrlaymiz. Mazkur 
davlatlar 
va 
tashkilotlar 
tomonidan 
o‘tgan 
yillar 
davomida 
iqtisodiyotimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini 
moliyalashtirish uchun 1,5 milliard dollardan ortiq kredit resurslari 
ajratildi. 
Bu haqda gapirar ekanman, O‘zbekistondagi barcha tadbirkorlar 
nomidan va shaxsan o‘z nomimdan BMT hamda bank tuzilmalari 
rahbarlari va namoyandalariga, bugungi anjumanimizda ishtirok etayotgan 
xorijiy davlatlar elchixonalari vakillariga O‘zbekistonda biznes sohasining 
shakllanishi va muvaffaqiyatli rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi uchun 
yana va yana bir bor samimiy minnatdorlik izhor etaman. 
Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, 
intellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan 
yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim 
sharti va garovi bo‘la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk 
kelajagini ta’minlashi mumkinligiga kimnidir ishontirish yoki buni 
isbotlab berishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. 
Ana shu g‘oyat muhim jihatni e’tiborga olgan holda, O‘zbekistonda 
kadrlar tayyorlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi etib 
belgilangan. Mana, 15-yildirki, mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
noyob tizimi amalga oshirilmoqda. 
Bu tizimning mohiyati 9+3 tamoyili asosida 12 yillik umumiy 
majburiy bepul ta’lim tizimiga o‘tishdan iborat. Bunda umumta’lim 
maktablaridagi 9 yillik tahsildan so‘ng yoshlar keyingi 3 yil mobaynida 
kasb-hunar kollejlarida yoki o‘z xohishiga ko‘ra akademik litseylarda 
o‘qishni davom ettiradi. 
Odatda, litseylar oliy o‘quv yurtlari va universitetlar huzurida, maktab 
ta’limidan keyingi o‘qishni davom ettirish uchun tashkil qilinadi. 
O‘tgan yillar davomida qariyb 1,5 ming yangi, eng zamonaviy 
uskunalar bilan jihozlangan o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlari – 
kollejlar barpo etilib, ularda 3-4 ta zamonaviy mutaxassislik bo‘yicha kasb-
hunarga ega bo‘lish va kamida ikkita chet tilini o‘rganish imkoniyati 
yaratilgan. 
Faqat so‘nggi 5 yil davomida ushbu o‘quv yurtlarini 2 million 500 
ming nafardan ortiq yoshlar tamomlab, hozirgi vaqtda mamlakatimizda 
yangi barpo etilgan zamonaviy korxonalar va fermer xo‘jaliklarida mehnat 
qilayotgan yurtdoshlarimizning saflarini to‘ldirmoqda. 
Men ishonaman, siz, aziz mehmonlarimiz – bugungi forum 
ishtirokchilarining 
ko‘pchiligi 
Toshkent, 
Samarqand, 
Buxoro 
va 
mamlakatimizning boshqa shaharlaridagi kollejlar va litseylarga tashrif 
buyurib, bo‘lajak kadrlar-mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifati bilan 
tanishish asnosida bu so‘zlarimizga ishonch hosil qilish va ularning amaliy 
tasdig‘ini ko‘rish imkoniga ega bo‘lganlar. 
Men sizlar bilan yana bir o‘ta muhim masala yuzasidan 
fikrlashmoqchiman. 
Biz O‘zbekistonda biznes yuritishni istagan insonlar va albatta, 
siyosatchilar, diplomatlar, xorijiy mehmonlar bilan turli mavzularda ko‘p 
suhbatlashganmiz. 
Menga biz bugun barpo etayotgan jamiyat o‘z oldiga qanday 
maqsadlarni qo‘ygani haqida savol berishganida, men ularga quyidagicha 
javob beraman. 
Agar siz bu savolga to‘liq javob olishni, bizning bu borada amalga 
oshirayotgan ishlarimizni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, ishonch hosil qilishni 
istasangiz, bizning kollej va litseylarimizga boring. Mayli, hammasiga 
emas, faqat bir nechtasiga borib ko‘ring, deb aytaman. 
Aynan shu maskanlarda O‘zbekistonning ertangi kunini ko‘rasiz. Bu 
dargohlarda yangi avlod voyaga yetmoqda. Biz yigirma bir yildan buyon, 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda, mustaqil taraqqiyot yo‘lidan 
boryapmiz. 
Yurtimizdagi bugungi odamlar, bugungi o‘zbekistonliklar erkin 
fikrlaydigan, o‘z kuchiga ishonadigan, sobiq Ittifoqda mavjud bo‘lgan turli 
illat va kayfiyatlardan mutlaqo xoli bo‘lgan insonlardir. Bu – bizning 
avlod! 
Eski zamonda yuqorida o‘tirib hamma narsani biladigan, hamma 
narsani hal qiladigan bosh kotib bor, degan kayfiyat bilan yashar edik. 
Tabiiyki, biz bunday kayfiyat bilan rivojlana olmas edik. Sobiq tuzum 
aynan shuning uchun ham barbod bo‘ldi, tarqalib ketdi. Chunki u taraqqiy 
etishga qodir emasdi. 
Butun dunyo, demokratik jahon hamjamiyati qanday rivojlanayotgan 
bo‘lsa, 
shunday 
rivojlanishimiz 
kerak 
edi. 
Biz 
mustaqillikka 
erishganimizdan so‘ng aynan shu yo‘lni tanladik. 
O‘ylaymanki, buning amaliy tasdig‘ini ko‘raman desangiz, hozirgi 
yoshlarimiz bilan, oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik 
litseylarda ta’lim olayotgan, ularni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimiz 
bilan ko‘proq suhbatlashing. Shunda siz bugun O‘zbekistonda qanday 
avlod voyaga yetayotganiga va u o‘zining ertangi yorug‘ istiqbolini qanday 
tasavvur etayotganiga ishonch hosil qilasiz. 
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! 
Sir emaski, biznesning erkin faoliyat ko‘rsatishining asosiy majburiy 
shartlaridan biri, birinchi navbatda, tadbirkorlik erkinligining kuchli 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin