www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
bo‘lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni 5-
7 yilga soliq to‘lovidan ozod qildik, ishlab chiqarishni texnik va texnologik
yangilaydigan, modernizatsiya qiladigan korxonalarni esa bojxona
to‘lovlaridan butunlay ozod qildik.
Faqat 2011-yilning o‘zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlariga berilgan soliq imtiyozlarining umumiy miqdori 500 million
dollardan oshdi. Korxonalar ushbu mablag‘ning 35
foizini ishlab
chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilishga, 25 foizini ishchilarni
rag‘batlantirishga yo‘naltirdi.
Davlatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va kommunikatsiya-transport
infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hal qiluvchi hissasini
e’tiborga oladigan bo‘lsak, uning kichik korxonalar
hamda tadbirkorlik
faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi rolini baholashning
o‘zi qiyin.
Bu borada mamlakatimizda tashkil etilgan “Navoiy” erkin industrial-
iqtisodiy zonasi va “Angren” erkin industrial zonasida yuksak
texnologiyalar asosida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan biznes sub’ektlari
tajribasini misol tariqasida keltirish mumkin.
“Navoiy” sanoat zonasida muhandislik tarmoqlari, logistika, ta’minot
tizimlari qurilishiga davlat tomonidan 100
million dollarga teng
miqdordagi mablag‘ sarflandi. Bu o‘nlab zamonaviy ishlab chiqarish
korxonalarini tashkil etishga xorijiy sarmoyadorlarni faol jalb qilish
imkonini berdi.
Bu yil tashkil qilingan “Angren” sanoat zonasi uchun umumiy qiymati
60 million dollardan ziyod bo‘lgan ishlab chiqarish infratuzilmasi va
kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab
chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Bularning barchasi nima uchun, qanday maqsadlarni ko‘zlab amalga
oshirilmoqda?
Biz kichik biznes sohasi bunday keng ko‘lamli ishlarni to‘liq o‘z
zimmasiga olishi mushkul ekanini yaxshi tushunamiz.
Chunki kichik
biznes bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi. Shuning uchun davlat
tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlar ehtiyojini to‘liq qondiradigan,
ularni rag‘batlantiradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida zarur
infratuzilma va kommunikatsiyalar barpo etilmoqda. Bu tabiiy hol va
uning mohiyati barchaga ayon bo‘lishi kerak.
Biz bugungi kunda tashkil etayotgan, alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan
www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
bunday erkin iqtisodiy zonalarga kiritilayotgan xorijiy sarmoyalar miqdori
30 million dollardan ortiq bo‘lsa, o‘sha ob’ektlar infratuzilmasi yuz foiz
davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Ayni ana shu omillar iqtisodiyot va tadbirkorlikning jadal sur’atlar
bilan o‘sishini ta’minlayotgan, davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan
rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: