Mundarija: Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sistematik holati, tarqalishi va ahamiyati


-rasm ikki pallali boshoyoqli moluska



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix08.05.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#126559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
9l9jv-a0117

3-rasm ikki pallali boshoyoqli moluska
16


Gavdaning oldingi tomonida og’iz, keyingi tomonida esa chiqarish teshigi
joylashgan.Gavdaning deyarli o’rta qismida qorin tomonda pona shaklidagi oyoq
bo’rtib chiqib turadi. Ko’pgina plastinka jabralilarning oyog’ini ostki yuzasi ga
bissus bezlarining yo’li ochiladi. Bezlar suyuqligi suvga chiqish bilanoq
qotib, ipak tolasiga o’xshash ipcha hosil qiladi. Bu ipchalar yordamida kam
harakat mollyuskalar suv ostidaginarsalarga mahkam yopishib oladi. Ayrim
plastinka jabralilar ning oyog’i yassi bo’lib,sirpanib harakat qiladi. Plastinka
jabralilarning tanasi mantia bilan qoplangan. U tananing ikkiyon tomonida ikki
burma shaklida osilib turadi. Mantiya bilan tana orasidagi mantiya bo’shlig’ida
oyoq va jabralar joylashgan.Mantiya burmalari ust (orqa) tomondan bir biri
bilan qo’shilib ketgan,oldingiva keyingi tomonlarining uchlari erkin bo’ladi.
Lekin ko’p hollarda mantiya burmalarining chetlari bir necha joyidan
tutashishi tufayli mantiya bo’shlig’ teshiklari hosil bo’ladi. Aksariyat hollarda
mantiya burmalarining ikki joyidan tutashishi natijasida uchta mantiya
teshigi, ba’zan 2 yoki 4 tahosilbo’ladi.Bu teshiklarning ikkitasi tor va
uchinchisi qorin tomon da ancha keng bo’ladi. Tor teshiklarning ostkisi kirish
sifoni bo’lib, u orqali mantiya bo’shlig’iga suv bilan birga oziqa va havo
kiradi.Ustki tor teshik esa chiqarish sifoni bo’lib undan suv va qoldiq
oziqlar chiqib ketadi.
Qorin tomondagi keng teshikdan oyog’I chiqib turadi. Mantiya burmalari
sirtidagi epiteliy hujayralari chig’anoq hosil qiladi.Ko’pgina guruhlarida
chig’anoqning ikkala pallasi bir xilkattalikda bo’ladi.Suv tubida yopishib
harakatsiz hayot kechiruvchi guruhlarida esa ikkalapalla katta-kichikliligi va
shakli bilan farq qiladi.Ayrim turlarida, masalan “kemaqurti” deb ataluvchiturida
esa chig’anoq reduksiyalangan va u tanani faqat kichik bir qismini yopib
turadi. Chig’anoqdagi halqalar uni yoshini bildiradi. Plastinka jabralilarning
chig’anog’I uch qavatdan iborat bo’ladi, ya’ni eng ustki qavat organik
modda konxiolin dan, oraliqqa va ohak moddadan va ichki qavat sadafdan
iborat. Sadafni, chig’anoqni, shuningdek marvaridni mantiya epiteliysi ishlab
17


chiqaradi. Agarda chig’anoq bilan mantiya epiteliysi oralig’iga biror qattiq yot
narsa (qum zarrasi) tushsa,mantiya sadaf hosil qiluvchi suyuqlik ishlab
chiqaradi va yot narsa atrofini o’rab qotadi.Sadaf ishlab chiqarish jarayoni
davom etib,marvarid donasi tobora kattalasha boradi.Ikki pallali mollyuskalar
faqat suvda yashovchi hayvonlardir, ular asosan kamharakat turmush tarzini olib
boradilar. Ularning aksariyati dengizlarda (midiya, istiridye, taroqcha) yashaydi,
faqat ozgina qismi chuchuk suv havzalarida yashaydi (tishsiz, inju arpa, dreysena
daryosi) Bivalvesning o'ziga xos xususiyati - bu boshning yo'qligi.Ikki pallali
mollyuskalarning qobig'i ikkita klapandan iborat (shu sababli sinf nomi).oddiy
tishsiz. Uning tanasi mantiya bilan qoplangan tanadan va oyoqlardan iborat. U ikki
burma shaklida yon tomondan osilib turadi. Burmalar va korpus orasidagi
bo'shliqda oyoq va gill plitalari joylashgan. Tishsiz, barcha ikki qavatli suyaklar
singari, boshga ega emas.Tananing orqa uchida mantiyaning ikkala burmasi bir-
biriga bostirilib, ikkita sifon hosil qiladi: pastki (kirish) va yuqori (chiqish). Pastki
sifon orqali suv mantiya bo'shlig'iga kirib, gillalarni yuvadi, bu esa nafas olishni
ta'minlaydi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin