2. O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani filiali faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy- huquqiy hujjatlar


-rasm. Hamkorbank Aksiyadorlari tarkibi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix11.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iqboljon-Hamkorbank

1-rasm. Hamkorbank Aksiyadorlari tarkibi 
ATB Hamkorbankning 29.89% aksiyalari Chet El tashkilotlari aksiyalari va qolgan 
70.11% aksiyalari Xususiy kapital jamg`armasiga tegishli. 
Kelajakda ham banklar o`rtasida yetakchilikni mustahkamlash, ko`rsatilayotgan 
xizmatlar sifatini yanada rivojlantirish maqsadida bank tomonidan 2020-2023-yillarda 
yangi rivojlanish strategiyasini tasdiqlandi hamda quyidagi rivojlanishning yangi 
ustuvor yo`nalishlarini belgilab olindi: 
 Mamlakatning barqaror va faol moliyaviy tashkiloti sifatida Hamkorbank o`rnini 
yanada mustahkamlash; 
 Inson omilini yo`qotib, onlayn xizmatlar sonini oshirish; 
30%
70%
Hamkorbank aksiyadorlari
Chet El teshkilotlari aksiyalari
Xususiy kapital



 Hamkorbankning raqobatbardoshligini ta’minlovchi kuchli xodimlar siyosatini 
joriy qilish va amalga oshirish
 Bankning moliyaviy samaradorligini oshirish; 
 Samarador informatsion siyosat va brendni ilgari surish.
 
 
 
 


10 
2. 
O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon 
tumani filiali faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy- huquqiy hujjatlar 
Hamma sohalarda bo`lganidek bank sohasi ham birinchi navbatda O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilgan holda o`z faoliyatini boshlaydi va uni 
yuritadi. Shu asosida sohani rag`batlantirvchi va faoliyatini tartibga solish chun ishlab 
chiqarilgan bir qator prezident qarorlari, farmonlar, qonunlari va nizomlarga rioya 
etadilar.
Bank o`z faoliyatida O`zbekiston Republikasining 1996-yil 25-apredagi “Bank 
va bank faoliyati to`g`risida”gi 216-1-son Qonuniga asosan o`z faoliyatini olib boradi 
va tartibga soladi. Bu qonunning 1-moddasidagi ta’riflarni ko`rib chiqsak: 
Bank-tijorat tashkiloti bo`lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat 
turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan 
omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag`lardan tavakkal qilib kredit berish 
yoki investitsiyalash uchun foydalanish va to`lovlarni amalga oshirishishi mumkin. Bu 
qonunning 2-moddasida bank faoliyatining sub’ektlari haqida yozilgan bo`lib, 
O`zbekiston Republikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining 
sub’ektlaridir deyilgan
3

3-moddada bank faoliyatining huquqiy asosi- banklar faoliyati ushbu Qonun, 
“O`zbekiton Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonun, Boshqa hujjatlar 
bilan tartibga solib borilishi aytib o`tilgan. 
Qonunning 16-moddasida banklarning filiallari hamda vakolatxonalari va 
ularning ochilishi haqida va ularga ta’riflar keltirilgan. Banklar O`zbekiston 
Respublikasida o`z filiallarini, chet el banklari esa o`z vakolatxonalarini Markaziy 
bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin. Bank filiali-uni tashkil etgan bank nomidan 
bank faoliyatini amalga oshiruvchi alohida bo`linmadir. Chet el bank vakolatxonasi-
bank faoliyatini amalga oshirmagan holda bankning manfaatlarini o`ylab ish yurituvchi 
3
O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apredagi “Bank va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining 1-moddasi.


11 
alohida bo`linmadir. Filialning rahbarlarini ularni tashkil etgan bankning rahbari 
Markaziy bank bilan kelishib tayinlaydi.
Qonunning 38-moddasi “Bank siri” to`g`risidagi moddasi hisoblanib, unda 
quyidagilar bayon qilinadi:
Banklar o`z mijozlari vakillarining operatsiyalari va hisobvaraqamlari hamda 
jamg`armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha 
xizmatchilari, bank, uning mijozlari va vakillarining bank operatsiyalari, hisobraqami 
va jamg`armalariga ma’lumotlarni sir saqlashlari shart. 
Yuridik 
shaxslar 
va 
boshqa 
tashkilotlarning 
operatsiyalari 
hamda 
hisobvaraqalariga doir ma’limotlar ana shu tashkilotning o`ziga, prokuror, sudlarga, 
jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lsa, surushtiruv tergov organlariga beriladi.
Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar 
mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarda turgan pul mablag`lari hamda boshqa 
qimmChet el kapitali ishtirokidagiaho narsalarni xatlanishi, mol-mulk musodara etilishi 
mumkin bo`lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo`yicha sudlar, surushtiruv va tergov 
organlariga beriladi. 
Bankning asosiy maqsadi Bank aksiyadorlariga foyda to`lanishini ta’minlash 
maqsadida o`zining va jalb etilgan mablag`laridan foydalanishdan daromad olish uchun 
bank faoliyatini amalga oshirish, shuningdek u bilan bog`liq xizmatlarni ko`rsatishdir. 
O`z faoliyati maqsadlariga erishishi uchun bank quyidagi asosiy vazifalarni 
amalga oshiradi: 
 bank xizmatlari bozorini rivojlantirish hamda ichki va xalqaro bozorlarda yuridik 
va jismoniy shaxslarning o`sibborayotgan bank xizmatlariga bo`lgan 
ehtiyojlarini qondirish; 
 jalb etilgan mablag`larning o`z vaqtida qaytarilishini ta’minlash, ko`rsatiladigan 
xizmatlar sifatini oshirib, ularni xalqaro andozalar darajasigacha yetkazish
texnologiyalarning yangi turlari takomillashtirishlarni joriy etgan holda hisob-
kitoblar tizimini rivojlantirish; 


12 
 kreditlash orqali Iqtisodiy salohiyatnig rivojlanishiga va respublika sanoatining 
turli sohalarida ilmiy-texnik tarqqiyot yutuqlarining joriy etilishiga yordam 
berish; 
 O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa bank 
faoliyatini yuritish. 
O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani
filiali Ustavida o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalarining qisqacha bayoni keltirildi. 
So`nggi yillarda chiqarilayotgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning ko`pchiligi 
yurtimizda kichik biznesni qo`llab quvvatlash maqsadida qabul qilingan me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni tashkil etadi.
2020-yil 12-mayda xususiy sektor rivojlanishini rag`batlantirish, banklarning 
investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun 
bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020 — 2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston 
Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi PF-5992 sonli 
farmonni qabul qildi
4
. Ushbu farmon orqali respublikada faoliyat yuritayotgan barcha 
banklarning zimmasiga yanada kuchli mas’uliyat yuklandi. Ushbu farmon bilan 2020 
— 2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish 
strategiyasi va O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo`yicha “Yo`l 
xaritasi” tasdiqlandi. 
2020 — 2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank 
tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo`yicha, shu jumladan quyidagilarni 
nazarda tutuvchi maqsadli ko`rsatkichlar quyidagicha belgilandi: 
bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo`lmagan banklar 
aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish; 
4
O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi rasmiy sahifasi: 
https://lex.uz/ru/docs/-4811025
  


13 
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi 
majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish; 
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur 
tajriba, bilim va obro`ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish; 
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 
foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish
5

2-jadval 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin