V BO‘LIM. XIV-XVI ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI
Reja:
1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik
fikrlar taraqqiyoti.
2. Soxibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning
pedagogika fanida tutgan o‘rni.
3. Mirzo Ulugbekning ilmiy merosi va uning ta’limiy-tarbiyaviy
qarashlari.
4. Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifiy-axloqiy qarashlari.
Tayanch tushunchalar: “
Markazlashgan davlat”; “Madrasa va
maktab”, “ilm-fan”, “madaniyat, san’at”, “Amir Temur tuzuklari”,
“Ziji Ko‘ragoniy”, “Ulug‘bekning ta’lim islohatlari”, “Boburnoma”,
“Esdaliklar”.
5.1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va
pedagogik fikrlar taraqqiyoti
Tarixdan ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davo-
mida Movarounnahr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi.
Fan-madaniyat, ma’rifatga juda katta putur etkazildi. Xonavayron
bo‘l gan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo‘g‘ul
istilochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat
tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi
Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, Samarqand
va Hurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada
Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar
o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda
qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida
mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar
va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-
tarojlar iskanjasida qoldi.
Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini
74
Amir Temur o‘z elkasiga oldi va qariyib 10-yil (1360-1370) davom
etgan og‘ir kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan
xalos qildi. 1370-1380-yillar mobaynida Amir Temur say’i-harakatlari
samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barham berildi
va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal
davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning
feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan
tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal
munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Amir Temur va
dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida
alohida o‘rin egallaydi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Mova-
raun nahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa
boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va
XV asr O‘rta Osiyoda Shark o‘yg‘onish davrining ikkinchi boskichi
deyilishi bejiz emas, chunki bu davrga kelib Markaziy Osiyoda
iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. Amir Temur
hukmronligi davrida jahonning ko‘plab shaharlaridan Samarqandga
hunarmandlar, san’atkorlar, muxandislar, olimu-fozillar olib kelindi va
ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabhalarida
keng foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar,
bog‘u-rog‘lar, madaniyat o‘chog‘lari barpo etildi. Shu davrga kelib
tibbiyot ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot,
fala kiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, huquq, targ‘ibot, tar-
biyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muhim asarlar yaratildi.
Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Sa’diy, al-Xorazmiy, al-
Farg‘oniy, imom Buxoriy, at-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-
rim madaniyatini o‘rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni
boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug‘orish
ishlariga, shaharlar o‘rtasidagi savdo yo‘llarini kengaytirishga katta
e’tibor berildi.
Sohibqiron Amir Temur say’i-harakati tufayli Samarqand shahri
yangidan qayta tiklandi. Shaharda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi,
Shoxizinda maqbarasi, shahar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol,
Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo
etildi. Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent
75
atrofida kanallar qazildi. Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar
shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, bezakli-badiiy buyum-
lar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi. Sohibqiron Temur va
temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq, astronomiya,
matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, musiqashunoslik, tar-
biyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat-tadbirkorlik, tarjimonlik, xat-
totlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni
o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi.
Amir Temur hukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda
madaniyat, ilm-fan, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida,
madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida muhim
omil bo‘ldi.
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar
ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir
qatorda diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi.
Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda
qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi.
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha
yaqqol ko‘zga tashlanadi: “Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va
muslima uchun qarzu farzdir”. Shu sababli ham, biz hech ikkilanmay
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida
uyg‘onish davri bo‘lib tarix sahifalaridan o‘rin oldi deya olamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha siljish
ro‘y berdi. Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar
tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Tarjima qilish ishlari jonlantirildi.
Ulug‘bek olimlarga homiylik qilib, ularni rag‘batlantirdi. Uning o‘zi
ayniqsa astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha muhim ishlarni
amalga oshirdi. Ulug‘bek tomonidan rasadxona barpo etildi. Shu davrda
Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur Koshiy,
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug‘ rassom Kamoliddin Behzod,
tarixshunos Xondamir, xattot Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod
cho‘qqilariga ko‘tarildilar.
Ulug‘bek shogirdi Aloviddin Ali ibn Muxammad qushchi Samar-
qandiy, ya’ni Ali Qushchi o‘sha davrda Movarounnahrning madaniy
va ilmiy hayotida katta rol o‘ynadi, uning “Risolai dar falaqiyot” deb
nomlangan astronomiyaga oid risolasi jahonga mashhur bo‘ldi va uni
76
o‘z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar.
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq,
fal safa, tarbiyashunoslikka doir o‘nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir
Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, Xon-
damir, Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali
Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-fuzalolarning yaratgan asarlari jahon
fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Xusayn Boyqaro hukmronlik qil-
gan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko‘chib
o‘tdilar. Hirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy
Hirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida
bu erda shoirlar, musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar etishib chiqib,
jahon ilmu fani olamida nom qozondilar.
Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar
yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat
tusiga kirdi. Shahar va qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda
bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish
maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. O‘quvchilar maktablarda savod
chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, Xuroson, G’ijduvon
va boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u erda ham diniy, ham
dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa
chiqargan holda haqiqatdan ham XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda
ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar
yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan deb aytaolamiz.
Dostları ilə paylaş: |