Shukurullo mardonov umida zokirova


XII BO‘LIM. JAHONDA PEDAGOGIKA FANINING



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

XII BO‘LIM. JAHONDA PEDAGOGIKA FANINING 
RIVOJLANISHI
 
Reja:
1. Qadimgi Sparta va Afina davlatlarida ta’lim-tarbiya va maktab.
2. Qadimgi Yunon faylasuf olimlari (Suqrot, Platon, Arastu, 
Demokrit)ning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari.
3. G’arbiy Yevropada maktab, maorif va pedagogik fikrlar.
Tayanch tushunchalar: 
Lakoniya, Attika, grammatist, kifarist, 
po lestra, gimnasiy, Efeb, demos, “Evristik” suhbat, cherkov, gildiya, 
prixod, monastir maktablari, O‘rta asr universitetlari.
12.1. Qadimgi Sparta va Afina davlatlarida 
 
ta’lim-tarbiya va maktab
Tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, qadimiy Sharqda ibtidoiy 
jamoa tuzumi emirilib, uning o‘rniga yangi quldorlik tuzumining paydo 
bo‘lishi moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solinishiga zamin 
yaratdi. Ayniqsa qadimiy Yunoniston (Gretsiya) xalqlari bu madaniyatni 
ma’lum darajada qabul qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon 
madaniyatiga, maorifiga ulkan hissa qo‘shganlar. Masalan: Xitoyda 
birinchi marta qog‘oz ixtiro qilingan. Hindistonda hisoblashning o‘nlik 
tizimi kashf etilgan. Mesopotamiyada esa er qurrasini graduslarga, 
sutkani soatlar, minutlar va diqiqalarga bo‘lish o‘ylab topilgan.
Eramiz boshlanishidan oldin Markaziy Osiyoning janubiy chek-
kasiga yaqin bo‘lgan joylarda O‘rta dengiz bilan Hindistonni 
birlashtiruvchi karvon yo‘li qurilgan. So‘ngra Markaziy Osiyo orqali 
Xitoydan O‘rta dengizga tomon “Buyuk ipak yo‘li” ochilgan. Natijada 
Markaziy Osiyo xalqaro savdo-sotiq markazi bo‘lib kelgan. Bu esa o‘z 
navbatida Markaziy Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatgan. Bizga ma’lumki, quldorlik formatsiyasi davrida 
qadimiy Sharq mamlakatlari orasida, ayniqsa Yunonistonda madaniyat, 
tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga 
nisbatan juda erta paydo bo‘lgan va rivojlangan. Yunoniston unchalik 
katta bo‘lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo‘lgan. Uning katta 


215
shaharlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) 
bo‘lib, bu shaharlar madaniyat markazi hisoblangan.
Bu ikki shaharda tarbiyaning o‘ziga xos tizimi vujudga keldiki, 
natijada bu tarbiya tizimi “Sparta” va “Afina” usulidagi tarbiya 
deb yuritiladigan bo‘ldi. Lekin bu ikki shaharning iqtisodiy, siyosiy 
taraqqiyoti, madaniyat darajasi turlicha edi. Shuning uchun ular bir-
biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik 
tuzumi hukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu davlatlarda 
ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini ko‘zlar edi.
Yunonistonda qullarni “gapiradigan ish quroli” deb hisoblar edilar. 
Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. Spartada 
dehqonchilik yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu qullar mehnati evaziga 
asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. Shu 
sababli ular tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turar edilar. 
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo‘lib, asosiy maqsad bolalarni 
baquvvat, jismonan sog‘lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib 
tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so‘ng 
“Agella” deb atalgan maktabda o‘qishgan. O‘qish muddati 7-18 
yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi 
“pedanom” butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan. Tarbiya jarayonida 
bu maktabda o‘smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni jismonan 
sog‘lom bo‘lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: 
sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og‘riqqa bardosh berishga 
o‘rgatib borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastik 
mashqlari: yugurish, sakrash, nayza otish, qo‘l bilan jang qilish, musiqa 
darsi, qisqa so‘zlashuv, madaniyat darsi, surdo darsi tashkil etilar edi.
Qadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o‘ziga 
xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy 
tomondan ham barkamol bo‘lishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, 
ashula va diniy raqslar ham o‘rgatilgan. Bu mashg‘ulotlarning mazmuni 
jangovar hamda harbiy tusda bo‘lgan.
Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim tomon-
laridan biri yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan qilib 
tarbiyalashdan iborat bo‘lgan. Shu maqsadda yoshlar “Kreptiyalar”da 
ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar edi. Ular 
shubhali bo‘lib ko‘ringan qullarni o‘ldirar edilar.


216
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar 
o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. 
Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko‘rsatgan 
mardligi va jasurligi, qahramonlar haqida suhbatlar uyushtirishar, 
shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo‘nda qilib 
javob berishga o‘rgatib borilar edi.
Spartada 18-20 yoshga etgandan keyin maxsus “Efeblar” (Efeblar 
qadimgi Yunonistonda balog‘atga etgan o‘spirinlar) guruhiga o‘kazilgan. 
Bu guruhda bolalarga harbiy ta’lim berilgan va ular harbiy xizmatni 
o‘taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. O‘g‘il 
bolalar bilan qizlar birga qo‘shib o‘qitilgan. Ular ham harbiy va jismoniy 
tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar 
urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyini qo‘riqlash, 
qurollanib qo‘riqchilik vazifasini o‘tashi, qullarni itoat saqlashini 
ta’minlashi ko‘zda tutilgan, ular hatto jangda ham qatnashganlar.
Qadimiy Gretsiyaning katta shaharlaridan biri Afinada esa hayot, 
tar tib, intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan bu-
tunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari chek-
lanib qo‘yilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Bu erda 
tibbiyot ilmi, matematika, tarix, san’at, me’morchilik, haykaltaroshlik 
taraqqiy etgan edi.
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya birga 
qo‘shib olib borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal egallash fakat 
feodallarning farzandlariga nasib etgan xolos. Afinada tarbiya va maorif 
masalasi Spartaga nisbatan tubdan farq qilar edi. Bu erda 

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin