193
«Sehrli binokl
» o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi va o‘quvchilar aniq
va mavhum otlar haqida suhbatlashganda o‘qituvchi ularga mavhum
otlarni ko‘rib, ushlab yoki o‘lchab bo‘lmasligi haqida gapiradi.
Shunda o‘quvchilar shu so‘zlarni sehrli binoklda ko‘rsak
qani edi,
deyishadi. O‘qituvchi ularga: «Marhamat, qani kim sehrli binokl
orqali qancha mavhum otni ko‘rar ekan?», –deydi. Mavhum otlardan
eng ko‘p yozgan, ya’ni uni sehrli binokl orqali bilib olgan o‘quvchilar
o‘yin g‘olibi bo‘ladi. Shunday qilib, o‘quvchilar «Sehrli qalpoqcha»,
«Sehrli tayoqcha» kabi ertaklarga qiziqqandek «Sehrli binokl»ga ham
qiziqish bilan qaraydilar va mavhum otlardan namunalar yozadilar.
«Turdosh va atoqli otlar» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilardan
matndan yoki gaplardan bosh va kichik harflar
bilan yozilgan otlarda
bosh va kichik harflarning yozilish sabablarini izohlash, turdosh
otlarni atoqli otlarga aylantirish, berilgan
atoqli otlarning kishi ismlari,
geografik nomlar, tashkilot nomlari, lavozim nomlari, samoviy jism
nomlari kabi guruhlarga ajratish hamda
ularning imlosini sharhlash,
hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil to‘ldirish,
Ollobergan, Xosiyatbonu,
Roziyasulton, Egamberdi, Xudoyberdi, Xonzodabegim
singari kishi
nomlarining imlosini tushuntirish, kishi nomlaridan r, t, d, s, n
singari tovushlarning ikkilanib qo‘llanishi, ajratib va qo‘shib
yoziladigan qo‘shma toponimlar (joy nomlari)
hamda ularning
imlosini sharhlash, «Belgi+nom = Belgi atoqli ot» qolipli jug‘rofiy
nomlar (
К
ichik Osiyo, Janubiy Qozog‘iston, Sharqiy Sibir
ь
va h.k.)
imlosini tushuntirish,
tarixiy voqea-hodisalar, bayramlar nomlarini
guruhlash, tashkilot, muassasa, kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, musiqa,
san’at asarlarining nomlarini to‘g‘ri
yozishdan, atoqli otlarga kasb-
kor, laqab, lavozim, unvonni ifodalovchi so‘zlar bilan birga
qo‘llaniladigan atoqli otlarni yozishga oid o‘yin-topshiriqlardan
foydalansa bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: