Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Chiziqchani yashirib qo‘ygin»



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Chiziqchani yashirib qo‘ygin»
o‘yini. Bu o‘yinda 
o‘qituvchi juft sifatlar to‘plamini o‘quvchilarga havola etadi va 
ularning -u, -yu orqali bog‘lanishi qanday bo‘lishini ko‘rsatuvchi 
namunalar ro‘yxati tuzishni topshiradi.


204
Namuna: 
past–u baland, katta–yu kichik, yakka–yu yagona, 
yaxshi–yu yomon, novcha–yu pakana, oq–u qora, semiz–u oriq, 
shirin–u achchiq.
«Chiziqcha qani?»
o‘yinida o‘qituvchi o‘quvchilarga kodoskop 
orqali quyidagi so‘zlarni taqdim etadi: 
katta katta, ola chipor, och 
sariq, havo rang, kul rang, qing‘ir qiyshiq, xush chaqchaq, katta 
kichik, mehmon do‘st, yam yashil, tim qora, qip qizil, xush ro‘y. 
So‘zlar bir marotaba o‘qitiladi va qaysi sifatlarni yozishda chiziqcha 
qo‘yilishini aniqlash o‘zaro musobaqa tarzida uyushtiriladi, g‘oliblar 
aniqlanib rag‘batlantiriladi.
«Sifat» so‘z turkumini o‘qitishda «Sifatlarning yasalishi» 
mavzusini chuqur o‘rganish va sifat yasovchi qo‘shimchalarni bilish 
o‘quvchiga nutqiy faolligini kengaytirish imkonini beradi, chunki 
yasovchi qo‘shimchalarni ongli o‘zlashtirgan o‘quvchi berilgan 
so‘zlardan sifatlar hosil qilib, uni zaruriy o‘rinlarda qo‘llay oladi. 
Namuna uchun berilgan so‘zlar: 
qadim, kuz, ertalab, ich, qish, kech, 
bahor, o‘t, sez, kes, chop, ol, yoz. 
Shu so‘zlardan hosil qilingan 
sifatlar:
qadimgi, ertalabki, ichki, qishki, kechki, bahorgi, o‘tkir, 
sezgir, keskir, chopqir, olg‘ir, yozgi.
Qo‘shimchalar yordamida 
bunday sifatlarning yasalishini o‘rganish o‘quvchida chiroyli so‘zlash 
fazilatlarini rivojlantirib boradi. 
«Tarkibini o‘rganamiz
» o‘yini. Bu o‘yinda sifatlar majmuasi 
doskaga yoziladi va o‘quvchilardan ularni morfemalarga ajratish talab 
etiladi: 
xushovoz, sofdil, havorang, tezpishar, olachipor, xalqaro, 
sheryurak, tinchliksevar, xushmuomala, zangori, birso‘zli, rahmdil, 
shifobaxsh, erksevar.
Sifatlarning yasalishini sifatlarning tarkibini
ongli o‘zlashtirgan o‘quvchilar buni to‘g‘ri aniqlashadi va to‘g‘ri 
yozish malakalarini mustahkamlay oladi. Bu topshiriq musobaqa 
tarzida o‘tkazilsa, o‘yin qiziqarli xarakterga ega bo‘ladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin