201
Namuna:
1-guruh: ko‘k, oq, sariq, sarg‘ish.
2-guruh: katta, kichik, uzun, dumaloq.
3-guruh: shirin, mazali, to‘yimli.
O‘qituvchi qovunning rasmini doskaga ilib qo‘yadi-da,
1-guruhdan maza-ta’mni
ifodalovchi, 2-guruhdan rang-tusni,
3-guruhdan shakl-hajmni bildiruvchi sifatlarni aniqlashni topshiradi.
Shu uyaga kiruvchi barcha so‘zlarni yozib chiqqan o‘quvchilar o‘yin
g‘olibi sanaladi.
«Nima yaxshi-yu, nima yomon o‘yini».
«Baholash sifatlari»
mavzusi o‘rganilayotganida o‘qituvchi o‘quvchilarga shunga oid bir
necha sifat aytadi (masalan,
go‘zal–xunuk, aqlli–aqlsiz, odobli–
beodob
) kabi. Shunday sifatlar lug‘atini
tuzish topshiriladi va vaqt
ajratiladi. Talab etilgan vaqtda eng ko‘p baholash sifatlarini yozgan
o‘quvchi o‘yin g‘olibi sanaladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning
mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanishi ham mumkin.
Chunki
shunga muvofiq tarzda ularning qiziqishlari va qarashlari ham
o‘rganiladi.
«Qanday
-
qanaqa?»
o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi o‘quvchilar
diqqatini bir predmetning barcha belgilarini aniqlashga qaratadi.
Ya’ni, palto, sumka, kuz, koptok, soch,
kitob kabilarning turli
belgilarini aniqlashni topshiradi. Namuna:
palto – oq, havo rang,
ko‘k, uzun, kalta, yangi, qishki, engil; sumka – yangi, qora, oq, kichik,
qizil, dumaloq; ko‘z – moviy, qora, sarg‘ish; soch – uzun, qisqa,
yaltiroq, xushbo‘y, qora, oq, malla; kitob – qalin, qiziqarli, katta,
kichik, mazmunli, yangi.
Narsalarning hamma
belgilarini topa olgan
o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi o‘yin g‘olibi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: