Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

bola
gijda 
non
kelishgan (xunuk) 
obi 
qat’iy (loqayd) 
kulcha 
O‘quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradigan 
muammolardan biri qo‘shma otlar va ularning imlosidir. Bu mavzuni 
o‘rganishda berilgan so‘z birikmalaridan joy nomlari hosil qilish 
(masalan, 
qora ko‘l–qorako‘l, yangi yer– Yangiyer, yetti o‘g‘il–
yettio‘g‘il, ko‘hna machit–
К
o‘hnamachit, katta qo‘rg‘on–
К
attaqo‘r-
g‘on
va h.k.), qo‘shma so‘zlarni so‘z birikmalariga aylantirish 
(
paxtagul–paxta guli, boshog‘riq–bosh og‘rig‘i, badantarbiya–badan 
tarbiyasi, muzqaymoq–muz qaymog‘i, gulbozor–gul bozori, otbozor–
ot bozori 
va h.k.), berilgan qo‘shma so‘zlar lug‘atini tuzish, ularning 
imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish 
bu mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. 
Juft otlar masalasi ham ancha murakkab masalalardan biri bo‘lib, 
juft so‘zlarni ular orasidagi ma’no munosabatlariga ko‘ra uyadosh 
so‘zlar ( 
aka-uka, ota- ona, ko‘z-quloq, og‘iz-burun, tog‘a-jiyan 
va 
h.k.) ma’nodosh so‘zlar (
uy-joy, shirin- sharbat, kuch-quvvat, baxt-
saodat, tog‘u-tosh, makr-xiyla 
va h.k.), qarama-qarshi ma’noli so‘zlar 
(
do‘st-dushman, kecha-kunduz
) singari guruhlarga ajratish, faqat bitta 
tovushning o‘zgarishi bilan takrorlanadigan 
bug‘doy–mug‘doy, 
ko‘rpa–mo‘rpa, choy–poy, osh–posh, paxta–maxta 
singari juft 
so‘zlarning ma’nosini sharhlash singari topshiriqlardan foydalansa 
bo‘ladi. 
Ma’lumki, o‘quvchilar o‘z nutqlarida kichraytirish, erkalash 
otlaridan unumli foydalana olmaydilar. O‘zbek milliy an’analari qayta 
jonlanayotgan, o‘z mavqeini tiklayotgan bir davrda bu qo‘shimchali 
so‘zlar alohida ahamiyat kasb etadi. Buning boisi shundaki, yuksak 
madaniyatli o‘zbek ziyolilari oilalarida azaldan bolalarga, ota
-
onaga, 


192
qavm

qarindoshlarga, umuman, suhbatdoshlarga yuksak hurmat bilan 
murojaat etish shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmat belgisi bo‘lgan. 
Shuning uchun o‘zini hurmat qilgan shaxs suhbatdoshini hech qachon 
sensiramasalan, murojaat so‘zlarini, atoqli otlarni erkalash, hurmat 
qo‘shimchalarisiz ishlatmas edi. So‘zlovchi shaxs ma’naviy, madaniy 
jihatdan qancha boy bo‘lsa, uning kichiklarga, tobelarga murojaati 
shuncha samimiy va latofatli bo‘lgan. Bu badiiy adabiyotimizda 
onda

sonda bo‘lsa ham uchrab turadi. Yozuvchi Pirimqul 
Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Mirzo Boburning ashaddiy 
dushmani Shayboniyxonning o‘g‘li, tug‘ishgan opasining farzandi 
Xurramshoh bilan suhbat sahnasi, Abdulla Qodiriyning «O‘tgan 
kunlar» romanida Yusufbek Hojining o‘g‘li, xotini, kelinlari, 
xizmatkori bilan suhbat sahnalari buning misoli bo‘la oladi. Bunday 
shirin muomala har bir madaniyatli o‘zbek oilasi uchun xos 
xususiyatdir. Buni erkalash, kichraytirish qo‘shimchalarining 
qo‘llanish doirasini kengaytirish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Shu 
sababli, «Ot» so‘z turkumini o‘rganishda milliy tarbiyaning bu qirrasi 
o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi lozim. 
Ma’lumki, «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dagi so‘zlarning 50

55 
foizini ot so‘z turkumiga mansub so‘zlar tashkil etadi. Mazkur so‘z 
turkumini o‘rganishda ko‘zlanadigan asosiy maqsad, avvalo, shu 
turkumga kiruvchi, ammo o‘quvchilar nutqida kam qo‘llanilayotgan 
yoki deyarli qo‘llanilmayotgan so‘zlarni ularning nutqiy faoliyatiga 
olib kirish, bolalarning talaffuziy va imloviy ko‘nikma hamda 
malakalarini kengaytirishdan iboratdir.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin