184
topshiriladi. O‘quvchilar yozadilar:
yoz–yozuv, o‘qi–o‘quv, ishla–
ishlov, so‘ra–so‘roq, tanla–tanlov, qara–qarov, o‘yla–o‘ylov
kabi
so‘zlar ishtirok etgan matnlar tuzish topshirilishi mumkin.
«E harfi qayga ketdi? Fe’lga mehmonga ketdi
» o‘yini.
Bu
o‘yin birinchi marotaba o‘tkazilganda o‘qituvchi o‘quvchilarga
to‘liqsiz fe’ldagi birinchi tovush (e) turg‘un
emasligi, u ma’lum
fonetik sharoitlarda tushib qolishi mumkinligi haqida izoh beradi:
ishlar edi–ishlardi, kelar ekan–kelarkan
kabi. So‘ngra tavsiya etilgan
gaplardagi to‘liqsiz fe’llarni alohida yozishni topshiradi. Belgilangan
vaqtda topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi
sanaladilar. Namuna: («Zangori gilam» ertagidan).
Bir
qari chol yasharkan
Turmushi ko‘p nochorkan,
Rahim nomli bu faqir
К
o‘rgan ekan ko‘p tahqir
Boqib
olarkan har yon
Bahor edi so‘lim tong
Ipak bilan gullari
Solingandir birma-bir
Qishloqda
hech bir xona
К
o‘rmagandir bundayni
O‘quvchilarning nutqini fe’llardan to‘g‘ri, o‘rinli foydalanishini
ta’minlash maqsadida gap va matnlar ustida ishlashga alohida e’tibor
berish o‘rinlidir. Bolalarning gap qurish imkoniyatlarini
kengaytirish
maqsadida berilgan gapning mazmunini saqlagan holda shaklini
o‘zgartirish, nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos tushadigan so‘zni
qo‘yib o‘qish yoki yozish singari o‘yin-topshiriqlardan foydalanishni
maqsadga muvofiq deb bilamiz. Masalan, «Sifatdosh»
mavzusi
o‘rganilar ekan, berilgan gaplarni sifatdoshli birikmalariga aylantirish
(masalan,
Inson ko‘p mehnat qilsa, baxtli bo‘ladi –
К
o‘p mehnat
qilgan inson baxtli bo‘ladi
) ko‘chirma
gapni sifatdosh va harakat
nomi birikmalari bilan kelgan o‘zlashtirma gapga aylantirish
185
(masalan,
«Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak»,–deb uqtirdi
Prezidentimiz–Prezidentimiz elim deb, yurtim deb yonib yashash
kerakligini uqtirdi)
kabi topshiriqlar bo‘yicha guruhlar o‘zaro
bellashishlari va g‘oliblar aniqlanishi mumkin.
Biz bilamizki, fe’llarni o‘rganishda «Fe’l mayllari»
mavzusi ham
o‘ziga xos murakkablikka ega. Shuning uchun ham o‘qituvchi
o‘quvchilarga bu mavzuni qiziqarli yetkazishi uchun darsni
ertaklardagidek tashkil etishi mumkin. «
Dostları ilə paylaş: