183
1-guruh: xabardor ekanman,
xabardor ekansan, xabardor edi,
bilgan edim, bilgan eding, bilar emishman,
bilar emishsan, bilar
emish.
2-guruh: bog‘ edi, uzoq edi, katta edi, go‘zal ekan,
shirin ekan,
kelgan ekan, olgan emish, achchiq emish, yomon emish.
«Fe’l» so‘z turkumini o‘rganishda imloviy va punktuatsion
malakalar ustida ishlash muhim talablardan hisoblanadi.
Shu bois
tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlarning aksariyat qismi ana shu muhim
malakalarni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.
O‘quvchilar o‘zaro ajratib va qo‘shib yoziladigan qo‘shma fe’llar,
muayyan qo‘shimchalar qo‘shilgandan keyin (gap tarkibida)
vergulning ishlatilish- ishlatilmasligi, juft va takroriy fe’llarda sezilarli
qiyinchiliklarga duch keladi.
Shuni nazarda tutib, bu zaruriy malakalar
ustida ishlash bo‘yicha guruhlar bellashuvini tashkil etsa bo‘ladi.
Masalan, o‘qituvchi bir-biriga o‘xshash so‘z birikmalari va juft
so‘zlarni aralashtirib aytib turadi.
К
uch sinashayotgan guruhlarning
biri chiziqcha bilan yoziladigan juft fe’llarni yozsa,
ikkinchisi
chiziqchasiz yoziladigan fe’llarni alohida ro‘yxat qiladi.
Namuna: yoza oldi, kiya oladi, aytib qo‘ydi, aytdiyu qo‘ydi, kiyib
oladi, to‘sib qo‘ydi, eta yozgan, yozdiyu qo‘ydi, boradi qo‘yadi,
aytib
qoladi, tugata yozdi, ishondingiz qo‘ydingizmi, yo‘rg‘alay ketdi.
Chiziqcha bilan yoziladi Chiziqchasiz yoziladi
kiyadi-oladi yoza oladi
to‘sdi-qo‘ydi aytib qo‘ydi
boradi-qo‘yadi aytdi–yu qo‘ydi
ishondingiz-qo‘ydingizmi
kiyib oladi
Hosil bo‘lgan uyalarni mustaqil davom ettirish bo‘yicha ham
guruhlar o‘zaro bellashishlari mumkin.
Ma’lumki, harakat nomi hosil qiluvchi
-v, -uv
qo‘shimchalari
qo‘shilganda so‘zlarda ayrim fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
O‘quvchilarga shu bilimlarni puxta yetkazish maqsadida o‘yin-
topshiriqlar o‘tkazish foydalidir. Masalan,
Dostları ilə paylaş: