230
va vazifaga ega bo‘lgan shakllar o‘rganiladi. O‘xshash
shakllarni
qo‘llashda esa asosiy farq uslubiyat bilan belgilanadi.
Morfologiya so‘z yasash bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki so‘z
yasash qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin, u yoki bu so‘z turkumining sodda
yoki qo‘shma shaklini yasashdan iboratdir. Har bir yasama so‘z
ma’lum bir so‘z turkumining ma’lum bir ma’no guruhiga mansub
bo‘ladi. So‘z yasashni so‘z turkumlari ichida o‘rganishning sababi
ham shunda.
Morfologiyaning, ayniqsa, leksikologiya bilan aloqasi benihoya
kuchli. Har bir so‘z turkumini o‘rganayotganda bu
turkumning ichki
ma’no guruhlarini alohida ajratish va ularga to‘xtalish bu ikki
bo‘limni o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish imkoniyatini yaratadi. So‘z
turkumlarining ma’no guruhlarini ajratish va sanashda o‘quvchilar,
albatta, uslubiy bo‘yoqlar, ko‘tarinki ruhdagi so‘zlar va oddiy so‘zlar
bilan ish ko‘radilar. Shuning uchun so‘z turkumlarini ajratish va
amalda qo‘llashda o‘quvchilar so‘zlardagi uslubiy xususiyatlarga
diqqat qilishlari, ya’ni morfologiyani lug‘at va uslubiyat bilan qo‘shib
olib borishlari zarur.
Qo‘shimchalarning ma’nosi
va ishlatilishida ikki omil, yuqorida
ko‘rsatganimizdek, lug‘aviy ma’no omili va sintaktik qo‘llanish omili
birgalikda olib boriladi. Chunonchi,
-lar
qo‘shimchasi otlarning turli
ma’no guruhlariga qo‘shilib kelganda turli xil ma’no
va uslubiy
xususiyat kasb etadi. Bu qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari
hurmat, kuchaytirish, bo‘rttirish, mensimaslik, kamsitish ma’nolari
uslubiyat bilan, so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari bilan birgalikda
sharhlansa, o‘quvchilar bu hodisalarni chuqurroq tushunib oladilar.
Xullas,
morfologiya fonetika, leksikologiya, sintaksis va, ayniqsa,
uslubiyat bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganilsa, til materiallarining
foydalilik darajasi ortadi, ularning o‘rganish imkoniyatlari kengayadi.
Dostları ilə paylaş: