Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Telefonda gaplashdimmi, telefon orqali gaplashdimmi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Telefonda gaplashdimmi, telefon orqali gaplashdimmi
?» 
o‘yini. Bu o‘yinning sharti ko‘makchilar bilan qo‘llaniladigan 
birikmalarni alohida guruhlarga ajratib, bu guruhlarni mustaqil davom 
ettirishdan iborat. 
«Tushirilgan ko‘makchini o‘rniga qo‘y
» o‘yini. Bu o‘yin sharti 
1-qatordagi o‘quvchilardan ko‘makchi tushirib qoldirilgan gaplar 
aytishni, 2-qatordagilardan esa zarur ko‘makchilarni qo‘yib gaplarni 
to‘ldirishni talab etadi. 
Namuna: 
1-qator 
O‘quvchilar maktab ... ketdilar. 
Muhandis bo‘lish ... o‘qish kerak. 
Bolalar poliz ... yo‘l oldilar. 
2-qator 
O‘quvchilar maktab 
tomon
ketdilar. 
Muhandis bo‘lish 
uchun
o‘qish 
kerak. 
Bolalar poliz 
sari
yo‘l oldilar. 
Birinchi qator 3-4 ta gap aytgach, ikkinchi qator bilan ularning 
vazifasi almashtiriladi. 
«
К
o‘makchini boshqargan so‘z
» o‘yini. Bu o‘yin shartiga 
muvofiq ma’lum bir guruh ko‘makchilar ishtirok etgan gaplarni aytib 
turishadi, 2-guruh esa shu gaplardagi ko‘makchi va unga bog‘langan 
so‘znigina ajratib yozishadi. 
Namuna: 
1-guruh 
Shundan beri otam bilan turaman. 
Rahima darsni puxta tayyorlagani uchun «5»
baho oldi. 
Respublikamizda bug‘doy maydonlari yil
sayin ko‘paytirilmoqda. 
2-guruh 
otam bilan
tayyorlagani 
uchun
yil sayin 


226
К
o‘makchilarni ro‘yxat qilish, gap tarkibidagi ko‘makchilarni u 
bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish kabi ishlar ko‘makchilarning 
ma’nosi, vazifasi va imlosi ustida ishlash bilan chambarchas 
uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
Ma’lumki, tilimizda mavjud bo‘lgan yordamchi so‘zlarning 
ko‘pchiligini o‘quvchilar nutqiy zaruriyat tufayli kundalik muomala 
munosabatda bemalol qo‘llaydilar. Ular garchand
va, ammo, lekin, 
biroq, chunki
kabilarning bog‘lovchi, 
bilan, uchun
kabilarning 
ko‘makchi, 
-ku, -da, faqat, -gina, axir
kabilarning yuklama ekanligi 
bilmasalar-da, ammo bu so‘z va ko‘makchilarni deyarli barcha 
o‘quvchilarning nutqida uchratish mumkin. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar yordamchi so‘zlar haqida 
umumiy ma’lumotga ega bo‘ladilar. Bu sinflarda ular yordamchi 
so‘zlar ishtirokida gap tuzishlari, berilgan ikki mustaqil sodda gapni 
zarur yordamchi so‘zni qo‘llab qo‘shma gapga aylantirishlari, 
yordamchi so‘zlarning gapdagi vazifasini tushuntirishlari mumkin. 
Ona tilining izchil kursini o‘rganish jarayonida yordamchi 
so‘zlarning har bir turi alohida o‘rganiladi. Shuning uchun bu 
so‘zlarni o‘rganish vaqtida tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlar, avvalo, 
dasturda ko‘zda tutilgan materiallarni o‘quvchilar ongiga singdirishga, 
ularning nutqini yordamchi so‘zlarning ma’nodoshlari bilan 
almashtirish orqali yangi so‘zlar bilan boyitish, bir yordamchi so‘zni 
nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri 
hamda o‘rinli qo‘llashga xizmat qilishi lozim. 
O‘quvchilar «
К
o‘makchi so‘zlar» mavzusi bilan tanishtirilar ekan, 
ko‘makchi birikmalarini kelishikli birikmalarga aylantirish (masalan, 
sinfdoshim uchun oldim, sinfdoshimga oldim
kabi), berilgan gaplarda 
ko‘makchini shu ma’noni ifodalovchi boshqa ko‘makchi bilan 
almashtirish (masalan, 
xirmon sari bormoq, xirmon tomon bormoq 
kabi), «ot + ko‘makchi», «sifatdosh + ko‘makchi» qolipli hosilalar 
ro‘yxatini tuzish (masalan, 
qalam bilan, onam uchun, dala sari; siz 
bilan, ular uchun, siz orqali; borgan sayin, o‘qigan bilan, ko‘rishgani 
uchun
va h.k.), ko‘makchining gapdagi vazifasi va ma’nosini 
sharhlash singari o‘yin-topshiriqlardan foydalanish mumkin.


227

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin