298
Birinchi gap–sodda gap, ikkinchi gap esa qo‘shma gap, aniqrog‘i,
bog‘langan qo‘shma gapdir. Birinchi gapda bir fikr markazi bor,
ikkinchi gapda ikki fikr markazi mavjud; birinchi gapda ega va kesim
bittadan, ikkinchi gapda ikkitadan.
Qo‘shma gap tarkibidagi qismlar
bir-biriga turli vositalar
yordamida bog‘lanadi. Umuman, qo‘shma gap qismlari o‘zaro
yordamchi so‘zlar, nisbiy so‘zlar, so‘z shakllari, ohang va tartib kabi
vositalar yordamida birikadi. Ohang bog‘lanishning hamma turida
ishtirok etadi.
Qo‘shma gap qismlarining mazmun jihatdan munosabati,
ularning
tuzilishi va birikishi yo‘llari xilma-xildir.
Endi yuqoridagi har ikki gapni sintaktik tahlil qilamiz.
1. Qishloq ustida kishiga huzur beruvchi tong shabadasi g‘ir-g‘ir
esmoqda
(H.No‘’mon).
1. Darak gap. 2. Sodda gap, egasi mavjud gap. 3. His-hayajonsiz
gap. 4.
К
irish so‘z va undalma yo‘q. 5. Gap bo‘laklarini aniqlash:
Qishloq ustida kishiga
huzur beruvchi
tong
shabadasi
g‘ir-g‘ir
esmoqda.
~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~
Tashqi ko‘rinish jihatdan bosh kelishik shaklida bo‘lgan
qishloq
va
tong
bo‘laklarining belgisiz qaratqich kelishigi
shaklida ekanligiga
alohida e’tibor talab qilinadi. Ularning shakli o‘xshasa-da, bosh
kelishikdagi so‘zlar emasligini bajarayotgan sintaktik vazifasi va
so‘roqlari ko‘rsatib beradi:
namaning ustida?
–qishloqning
ustida,
nimaning shabadasi?
–
tongning shabadasi.
2
.
Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi.
1. Darak gap. 2. Qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap. 3. His-
hayajonsiz gap. 4.
К
irish so‘z va undalmalar yo‘q. 5. Gap bo‘laklarini
aniqlash:
Qo‘ng‘iroq chalindi
va
dars boshlandi.
Har ikki gapni tuzilishiga ko‘ra bir-biriga solishtirib ko‘raylik;
ikkinchi gapda kesim ham, ega ham ikkitadan. To‘g‘ri, sodda gaplarda
ham ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar ikki va undan ortiq
holda qatnashishi mumkin. Lekin tuzilishiga ko‘ra sodda gap bo‘lsa
299
ham, bir fikriy markazdan iborat bo‘lsa, demak, bunday bo‘laklar
uyushgan bo‘laklar bo‘lib chiqadi.
Ikkinchi gapda ega va kesim
ikkitadan bo‘lsa-da, ular uyushgan emasalan, balki sodda gaplarning
egasi va kesimidir, ular alohida fikr beruvchi qismlar (sodda gaplar)ni
hosil qilgan.
Dostları ilə paylaş: