Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Xalq seni himoya qilmasa
buning uchun sen xalqdan 
o‘pkalama

(Navoiy). 
1. Darak gap. 2. Qo‘shma gap, ergash gapli qo‘shma gap. 3. Shart 
mayli ( -sa) orqali bog‘langan. 4. Undalma, kirish so‘zlar yo‘q. 5. Gap 
bo‘laklarini aniqlash: 
Xalq 
seni 
himoya qilmasa, 
buning uchun 
sen 
xalqdan 
o‘pkalama.
Shunday qilib, ergash gapli qo‘shma gap qismlari tobelanish 
(ergashish) yo‘li bilan tutashadi: bir qismi (bosh gap) tuzilishi, 
shakllanishi jihatidan mustaqil sodda gapga o‘xshash bo‘ladi va 
sintaktik jihatdan boshqa qismni (ergash gapni) yoki bir necha qismni 
o‘ziga tobe qiladi. Ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi qismlar 
o‘zaro tobelovchilar–ergashtiruvchi bog‘lovchilar, so‘z shakllari va 
nisbiy so‘zlar vositasida birikadi. 
Sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilarsiz, faqat ohang bilangina 
birikib, bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil qiladi. 


301
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bog‘lovchili qo‘shma gap 
qismlariga nisbatan ancha zich bog‘lanadi. Ular mustaqil sodda gaplar 
emas. 
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi qismlar (sodda gaplar) bir-
biridan sanash ohangiga o‘xshash tugallanmagan ohang bilan ajralib 
turadi. Bu ohang sabab, chog‘ishtirish, shart ottenkasini, voqealarning 
ketma-ket yoki bir vaqtda yuzaga kelishini ko‘rsatadi. Bog‘lovchisiz 
qo‘shma gaplarning sintaktik jihatdan tahlili quyidagicha amalga 
oshiriladi:
Masalan: 
Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odamning ko‘rki bosh 
bilan
(Maqol). 
1. Darak gap. 2. Qo‘shma gap. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma 
gap. 3. Qismlari tugallanmagan ohang bilan ajratiladi: ohang 
vositasida bog‘langan. 4. Undalma, kirish so‘z va kiritma gaplari yo‘q. 
5. Gap bo‘laklarini aniqlash: 
Tog‘ning
ko‘rki tosh bilan, odamning
ko‘rki bosh bilan. 
~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning qismlari, shu qismlarning 
mazmuni va ohangiga ko‘ra, vergul, ikki nuqta va tirelar bilan ajratilib 
ko‘rsatiladi. Tahlil jarayonida tinish belgilarining vazifasi ham 
ko‘rsatilishi kerak. Qo‘shma gapning qismlari orasida sabab mazmun 
munosabati bo‘lsa, ikki nuqta qo‘yiladi: 
Tong yaqinlashib qoldi: 
onda-sonda xo‘rozlarning qichqirig‘i eshitila boshladi
(S.Z.). 
Voqealarning ketma-ket yoki bir vaqtda yuzaga kelishi ifodalansa, 
qismlar orasiga tire qo‘yiladi: Suv keldi–nur keldi (Maqol). 
Chog‘ishtirish, qiyoslash ottenkalari ifodalansa, vergul qo‘yiladi: 
Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odamning ko‘rki bosh bilan
(Maqol). 
Demak, bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning 
o‘zaro mazmuniy munosabati og‘zaki nutqda ohang, yozuvda tinish 
belgilari orqali ifodalanadi. 


302

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin