Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

 
TO‘RTINCHI BO‘LIM
O‘QUVCHILARNING BOG‘LANISHLI NUTQI USTIDA
ISHLASH
 
Tayanch tushunchalar

N
utq, og‘zaki va yozma nutq, nutqiy talablar:
nutqning nutq 
sharoitiga mosligi, nutqning mazmundorligi, fikrning mantiqan 
to‘g‘ri, aniq va izchil bo‘lishi, nutqning boy va rang – barangligi, 
nutqning aniq bo‘lishi, nutqning ohangdorligi, nutqning grammatik 
jihatdan to‘g‘ri qurilgan bo‘lishi, nutfning soddaligi va sofligi, matn 
ustida ishlash, insho, ta’limiy insho, nazorat qilishga qaratilgan 
insho, ko‘rik – tanlov insholari, ilmiy insho, adabiy insho, erkin insho, 
tasviriy insholar.
Nutq o‘stirish maktabda ona tili o‘qitishning bosh maqsadi 
sanaladi. Maktabda ona tili o‘qitishning bosh maqsadi tilning 
jamiyatda tutgan o‘rni, bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. 
Ma’lumki, til jamiyat a’zolari o‘rtasida aloqa-aralashuv vositasi, 
insonning fikrlash va fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda berish, 
o‘z ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ona tili o‘qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o‘rtasida 
bajaradigan ana shu vazifasi o‘quvchilarni fikr bayon qilish 
faoliyatiga tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o‘z 
faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda 
bo‘ladilar. Ular doimo o‘zlarini o‘rab olgan moddiy borliqdagi narsa-
buyumlar va voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritadilar va o‘z 
flkrlarini bir-birlariga ma’lum qiladilar. 
Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar 
orasida fikr almashish bo‘lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to‘xtaydi. Fikr 
esa faqat til yordamida, ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir 
kishi undan foqdalanishni bilishi va avvalo, uning o‘zini to‘la-to‘kis 
o‘rganib olishga harakat qilishi zarur. Tilni o‘rganish bu faqat uning 
grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni 


304
o‘zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan 
foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash 
malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o‘rgatish 
bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish 
me’yorlarini ham o‘rgatadi. 
Modomiki, ona tilining o‘qitilishi bolalarda nutqiy me’yorlarni 
tarbiyalash va ro‘yobga chiqarish yo‘llarini o‘rgatish ekan, demak, 
«til», «me’yor», «nutq» tushunchalari ayni bir narsa emas. 
Til fikrni shakllantirish va uni yuzaga chiqarish, birovga 
yetkazish uchun imkoniyat sifatida o‘quvchining ongida mavjud. U 
ma’lum bir so‘zlar, qo‘shimchalar, ulaning o‘zaro birika olish 
imkoniyatlari va birikish natijalari haqidagi qonun-qoidalar 
majmuasidir. Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarini (nutq 
tovushlari, qo‘shimchalar, so‘zlar), ularning birikish qonun-qoidalarini 
o‘quvchi jamiyatdan tayyor holda qabul qiladi. Ularni o‘rganish uchun 
maktabda o‘qish zarur emas. Umrida maktab ko‘rmagan odamlar ham 
tilni hayot, turmush, jamiyat talablari asosida o‘zlashtiradilar.
Lekin til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va 
vositalar yordamida yuzaga chiqarish imkoniyatini beradi. Tilning 
bunday imkoniyatlari behad xilma xildir. Me’yor mana shu 
imkoniyatlarni g‘alvirdan o‘tkazuvchi omildir.
Me’yor jamiyatda ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda til 
imkoniyatlaridan foqdalanish uchun ko‘rsatkichlar majmuasidir. 
Me’yorning oliy ko‘rinishi milliy-adabiy til uslublari, mezonlarida o‘z 
aksini topadi. Milliy adabiy til esa faqat ma’lum bir uslubiy 
ko‘rinishdagina yuzaga chiqadi.
Nutq til imkoniyatlarining me’yor g‘alviridan o‘tkazilgan holda 
yuzaga chiqishi, voqe bo‘lishidir. Nutq 

tafakkur mahsuli. Shuning 
uchun ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan yana bir muhim talab 
o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdir. Fikrni bayon qilish tafakkur 
va til orqali amalga oshadi. Ularning o‘zaro munosabati juda 
murakkab jarayondir. Tafakkur tashqi olamning kishi miyasida aks 
etishining oliy shakli bo‘lsa, til tafakkurni ma’lum shaklga solib, 
so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar bilan ifodalash vositasidir. Tafakkur 


305
qancha rivojlantirilsa, o‘quvchining fikr bayon qilish mahorati ham 
shuncha yuqori bo‘ladi.
Ona tili mashg‘ulotlari faqat nutqni egallash yo‘llarini emasalan, 
balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq 
madaniyati juda katta va keng soha bo‘lib, u bolaning kundalik oddiy 
salom-aligidan tortib, kimga, nimani, qachon, qayerda va qanday 
so‘zlashgacha bo‘lgan barcha nutqiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu 
madaniyat sirlari ham avvalo ona tili mashg‘ulotlarida 
– 
til 
hodisalarini o‘rgatish jarayonida singdiriladi. 
Xullas, ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil 
fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, 
yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini 
shakllantirish va rivojlantirish, til sezgirligini tarbiyalashga xizmat 
qilmog‘i lozim.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin