Ona tili o‘qitish metodiкasi


So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

1. So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash.
Bu usul 
ko‘proq ma’nosi va shakli bir-biriga yaqin yoki keskin farq qiladigan 
so‘zlarni izohlashda qo‘l keladi. Tilimizda bunday so‘zlar anchagina 
qismni tashkil etadi. Masalan, -i va -u tovush (harf)larning talaffuzi va 
imlosi o‘rganilar ekan, 
urush–urish, tushum–tushim
singari so‘zlarni 
taqqoslash orqali ularning ma’nosi, talaffuzi, imlosini sharhlash 
mumkin. Qo‘shma otlar va ularning imlosi haqida gap ketganda 
paxtagul, boshog‘riq, gulbozor 
singari qo‘shma otlarni
 paxta gulli, 
bosh og‘rig‘i, gul bozori
singari so‘z birikmalari bilan taqqoslash 
orqali ularning ma’no va imlo farqlarini bilib olish mumkin.
Til hodisalarining mohiyatini anglash, ilmiy va badiiy uslubda 
qo‘llaniladigan so‘zlarni farqlash, bu so‘zlarning ma’no nozikligini 
sharhlash maqsadida matnlar taqqoslanishi mumkin. Masalan, maktab 
darsligida ilmiy matnlarni badiiy matnlar bilan taqqoslash, 
matnlardagi oddiy va ko‘tarinki (bo‘yoqdor) so‘zlarni taqqoslash 
hamda ularning farqini aniqlash kabi ishlar bolalarning so‘z boyligini 
oshirish va so‘zdan to‘g‘ri foydalanish malakalarini shakllantirishga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
2. So‘zlarni kuzatish.
Kuzatish ham taqqoslash kabi keng 
qo‘llaniladigan aqliy faoliyat usuli bo‘lib, unga asoslangan 
topshiriqlar o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga 
samarali ta’sir ko‘rsatadi. Bunday topshiriqlardan darsning istagan 
bosqichida unumli foydalanish mumkin. Ular, ayniqsa, ona tilidan 
yangi bilimlar berishda ancha qo‘l keladi. O‘quvchilar berilgan so‘z 
va birikmalarni kuzatib, ulardan o‘zlariga zarur narsalarni ajratib 
oladilar va shu asosda muayyan xulosaga keladilar. Masalan, «Sodda, 
qo‘shma va juft so‘zlar» mavzusini o‘rganishda matndan ikki va 
undan ortiq asos qo‘shilib yozilgan so‘zlarni (masalan:
 belbog‘, 
ko‘zoynak
kabi) ajratish, ularning tarkibiy qismlari va birikishini 


315
aniqlash, bu so‘zlarga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish 
(
belbog‘li, ota-onali
kabi), ularning ma’nolarini izohlash kabi amaliy 
ishlardan foydalansa
 
bo‘ladi.
Berilgan so‘z, so‘z birikmalari, gap va matnlarni kuzatish jarayoni 
ayni vaqtda bolalarning so‘z boyligini oshirish jarayoni bo‘lib, bu 
usuldan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin