Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Publitsistik matn 
ko‘proq matbuotga xos bo‘lib, u xabar, 
maqola, taqriz, reportaj kabilarda namoyon bo‘ladi. Ona tili 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni publitsistik matnlar yaratishga 
o‘rgatish uchun avvalo ularni bu usulning til xususiyatlari ustida 
ishlashlarini tashkil etishga to‘g‘ri keladi. Publitsistik matnning tili 
aniq, ravon, ixcham, jonli bo‘lib, u nutqning ta’sirchanligi va 
ommabopligini ta’minlaydi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida 
ilmiy matnlardan
ham keng 
foydalaniladi. O‘quvchilar yaratadigan ilmiy matnlarni ikki guruhga 
ajratish mumkin: a) sof ilmiy matnlar; b) ilmiy-ommabop matnlar. Sof 
ilmiy matnlar faqat ma’lum bir sohaga doir tushunchalar asosida 
yaratiladi. Ilmiy-ommabop matnlar esa ko‘pchilikka tushunarli bo‘lib, 
ayrim murakkab tushunchalarga izoh beriladi. 
Matnning eng oliy ko‘rinishi 
inshodir
. U mustaqil yaratiladigan 
o‘ziga xos ijodiy asar bo‘lib, o‘quvchi faoliyatining eng murakkab 
ko‘rinishi hisoblanadi. 
Inshoda bolaning o‘zligi namoyon bo‘ladi. Uning tafakkuri, 
dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga munosabati, tarbiyalanganlik 
darajasi, mustaqil turmushga tayyorligi yozgan inshosidan ma’lum 
bo‘ladi. Boshqacha aytganda, insho o‘quvchining qiyofasini o‘zida 
aks ettiruvchi ko‘zgudir. Bu ko‘zgu orqali u nafaqat o‘zini ko‘radi, 
balki boshqalarga o‘zligini tanitadi. 
Insho o‘quvchining ona tilidan egallagan bilimlarini o‘zida 
mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o‘quvchining ijodiy-
amaliy faoliyatiga ko‘chadi. Shuning uchun ona tili o‘qituvchilari 
darsda mustaqil ishning bu muhim turiga alohida e’tibor qaratishlari 
zarur. 


319
Insho sarlavhani to‘g‘ri belgilashdan boshlanadi. To‘g‘ri 
tanlangan sarlavha inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun 
tashlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga o‘rgatish boshlang‘ich 
sinflardayoq boshlanadi. Berilgan matnni bir necha mustaqil qismga 
ajratish, ularning har biriga sarlavha topish, bir matnga bir necha 
sarlavha tanlash kabi ishlar faqat boshlang‘ich sinflarda emas, balki 
keyingi bosqichlarda ham davom ettiriladi. 
Sarlavha inshoda yoritilgan fikrlarga muvofiq kelishi va uning 
mazmunini to‘la qamrab olishi lozim. 
К
uzning shirin-sharbat mevalari 
xususida fikr yuritib, uning sarlavhasini «Polizda» yoki «Qovun 
pishdi» deb atab bo‘lmaydi. U albatta, «
К
uz sahovati», «Mevalar 
g‘arq pishdi», «
К
uz ne’matlari» kabi nomlar bilan atalishi lozim. 
Inshoni to‘g‘ri nomlash uchun undagi asosiy fikrni ajrata olmoq 
ham kerak. O‘quvchi nimalar haqida yozishini aniq tasavvur yetmay 
turib, uni to‘g‘ri nomlay olmaydi. 
O‘quvchi mavzu talabini to‘g‘ri anglashi ham lozim. Masalan, 
insho mavzusi «Ta’til kunlarining birida» deb nomlangan bo‘lsa, 
o‘quvchi butun bahorgi, qishki yoki yozgi ta’til haqida fikr yurita 
olmaydi. Mavzu «Mening sevimli qahramonim» deb nomlangan 
bo‘lsa, o‘qilgan asarlardagi barcha qahramonlar haqida fikr yuritib 
bo‘lmasligi aniq. 
Inshoga material to‘plash ham uni to‘g‘ri yoritishda muhim 
ahamiyatga ega. Shuni unutmaslik lozimki, har bir o‘quvchi borliqni, 
undagi narsa, voqea-hodisalarni, tevarak-atrofni, odamlarni, badiiy 
asar qahramonlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Demak, har bir o‘quvchi 
inshoga o‘zicha material to‘playdi. Insho uchun asosiy matarial bu 
avvalo hayotning o‘zi, uning kitoblardagi, san’atdagi ifodasidir. 
Shuning uchun har bir o‘quvchida kuzatuvchanlik xususiyati to‘la 
shakllangan bo‘lishi lozim. 
К
uzatish bevosita o‘qituvchi rahbarligida 
yoki mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin. 
O‘quvchi insho yozish uchun borliqni kuzatar ekan, demak, u 
nimalar haqida fikr yuritish lozimligini o‘ylaydi va shunga muvofiq 
keladigan materiallarni yig‘adi. 


320
Insho uchun material to‘plashda manba muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, rasm asosida material to‘plash, borliqni kuzatish yoki badiiy 
asar asosida material to‘plashdan farq qiladi. Rasm asosida material 
to‘playotganda ko‘proq rassomning maqsadi, unda tasvirlangan narsa, 
voqea-hodisalar, ranglarning tanlanishi, tasvirning diqqatga sazovor 
tomonlari va kamchiliklari singarilarga ko‘proq e’tibor qaratilsa, 
badiiy asar asosida material to‘playotganda yozuvchining maqsadi
asarda ishtirok etgan shaxslar, yozuvchi yoki shoirning obraz yaratish 
mahorati, asardan chiqariladigan xulosa kabilar markaziy o‘rinni 
egallaydi. 
To‘plangan materialni tartibga solish va uni muayyan izchillikda 
bera olish ham o‘quvchi uchun o‘ta zarur malakalardan biri sanaladi. 
Tartibga solish bu avvalo to‘plangan materialni saralab, uning ichidan 
yoritilayotgan mavzu uchun zarurini ajratish, ularni mantiqiy 
izchillikda joylashtirish demakdir. Bu ishda o‘quvchiga puxta o‘ylab 
tuzilgan reja yaxshi yordam beradi. 
Yozilgan inshoni takomillashtirish, unda yo‘l qo‘yilgan xato va 
kamchiliklarni bartaraf etish ham o‘quvchilar uchun o‘ta zarur 
malakalardan biridir. Matnni takomillashtirish bu imloviy, 
punktuatsion xatolar ustida ishlashdangina iborat emas, balki 
mazmunni takomillashtirishni ham o‘z ichiga qamrab oladi. O‘quvchi 
yozgan inshosini tahlil qilishga qiziqishi, bu ishga ehtiyoj sezishi, 
xatoni tuzatish usullarini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, o‘quvchi o‘z ishidagi xatolarni aniqlashdan ko‘ra, 
o‘zgalar ishidagi xatolarni tezroq topadi. Shuning uchun ularga 
ba’zida bir-birlarining ishlarini tekshirishni topshirish ham mumkin. 
Yozilgan inshoni takomillashtirish uchun o‘quvchi uni diqqat 
bilan o‘qishi, mazmun ustida ishlashni imloviy, ishoraviy va uslubiy 
xatolar ustida ishlash bilan birga amalga oshirish malakalariga ega 
bo‘lishi kerak. 
O‘quvchilar inshosi tur jihatdan ham juda xilma - 
xildir. Pedagogik maqsadiga ko‘ra o‘quvchilar inshosini shartli 
ravishda uch guruhga ajratish mumkin: 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin