324
Oddiy tasvir
hammaga tushunarli bo‘lgan tasvir shaklidir.
O‘quvchi narsa, buyum, voqea-hodisalarni oddiy so‘zlar bilan,
hammaga tushunarli bo‘lgan shaklda bayon qiladi. Bunday inshoda
tasvirlanayotgan narsaning hamma belgilari, birin-ketin ko‘rsatiladi,
unda muallifning munosabati ifodalanmaydi
hamda badiiy tasvir
vositalari ishga solinmaydi.
Ilmiy tasvirda
turmushdagi narsa-buyumlarning eng muhim
belgilari aniq dalillar asosida qat’iy mantiqiy izchillikda beriladi.
Masalan, suv, paxta, quyosh va h.k. larning ilmiy tasviri kabi.
Ilmiy tasvirda tasvirlanayotgan narsaning nomi,
nima uchun
qo‘llanilishi, uning nimadan tayyorlanganligi, qanday qismlardan
iboratligi, shakli, hajmi ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: