Badiiy asarning tili. Badiiy tasvir va ifoda vositalari. Reja: Badiiy asar tili va ilmiy asar tili. Muallif nutqi va qahramon nutqi. Badiiy tasvir vositalari haqida
Badiiy asarning tili. Badiiy tasvir va ifoda vositalari. Reja: 1. Til - adabiyotning birinchi elementi. 2. Badiiy tilning o`ziga xos xususiyatlari. 3. Tilning obraz yaratish resurslari.
Badiiy asar tiliga munosabat, uni badiiy-uslubiy jihatdan oʻrganish uzoq tarixga ega. Biroq unga eʼtibor XX asrning 30-yillarida kuchaydi.Jahon va rus adabiyotshunosligida, keyinroq oʻzbek adabiyotshunosligida bajarilgan koʻpgina tadqiqotlar buni tasdiqlaydi.
Akademik V.Vinnogradov: „ Badiiy adabiyot tilini tadqiq qilish tilshunoslik va adabiyotshunoslikka yaqin, biroq ularning har ikkisidan ajratib turuvchi maxsus filologik fanning tekshirilish obyekti boʻlishi lozim“,-deb taʼkidlaydi
Til - adabiyotning birinchi elementi.
Badiiy adabiyot so`z san’atidir. So`z adabiyotning obraz yaratish qurolidir. M.Gorpkiy shu haqda gapirib, «Adabiyotning birinchi elementi til. Til adabiyotning asosiy qurolidir. Hayot hodisalari, faktlari bilan birga uning materialidir» - degan edi. Umumxalq tili quyidagi ko`rinishlarga ega bo`ladi: - jonli til; - adabiy til; - badiiy til. Badiiy til umumxalq tilining barcha ko`rinishlariga suyanadi. Badiiy til silliqlangan va jilolangan, san’atkorning o`ziga xos uslubidan iborat bo`ladi. Badiiy adabiyotda umumxalq tili qayta ishlanib sayqallanadi. Yirik san’atkorlar asarlarida xalq tilining eng yaxshi fazilatlari yorqin ifodasini topadi, ular til taraqqiyotining asosiy xususiyatlarini belgilab beradilar
Badiiy tilning o`ziga xos xususiyatlari.
1. O b r a z l i l i g i. Badiiy til vositasida san’atkor obraz yaratadi, jonli manzaralar chizadi, qahramonlar qiyofasi, ularning ichki dunyosi, undagi nozik tebranishlarni ochadi, qahramonlar yaShagan ijtimoiy muhitni ko`rsatadi. SHunday qilib, badiiy til hayotning barcha tomonlarini butun to`laligi, murakkabligi, aniqligi bilan aks ettiradi. Badiiy til faqat obrazli iboralar, maqol va matallar singari vositalargina emas, badiiy obraz yaratish uchun ishlatiladigan barcha vositalarni o`z ichiga oladi. So`z vositasida obraz yaratish vositalarini ishlatish yo`li bilan (metaforik) hamda badiiy tasvir vositalari ishlatmasdan, tasviriy yo`l bilan ham amalga oshirilishi (avtologik) mumkin. San’atkor til boyliklari va imkoniyatlari yordamida turli, jonli, obrazli vositalar yaratib, bo`yoqdor va jonli qiladi.