15
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 8-SON (YOʻTA)
TURKISTONDA MILLIY ISTIQLOLCHILIK HARAKATINING
KELIB CHIQISHI.
Isfandiyor Baxoviddinov
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti talabasi
isfandiyorbaxoviddinov@gmail.com
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 04-August 2023 yil
Ma’qullandi: 10-August 2023 yil
Nashr qilindi: 14-August 2023 yil
Ushbu maqola Turkiston milliy istiqlolchilik harakatining
asl mohiyatini ko’rsatadi va kelib chiqish sabablarini
tahlil qiladi. Muallif ushbu harakatning shakllanishiga
hissa qoʻshgan tarixiy shart-sharoitlarni tahlil qiladi,
uning ildizlari va dinamikasini har tomonlama oʻrganadi
va uning shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan ijtimoiy va
iqtisodiy oʻzgarishlar, milliy oʻziga xoslik va
bolsheviklarning shavqatsiz siyosatiga munosabati kabi
omillar muhokama qilinadi.
KEY WORDS
qoʻrboshilar,
“bosmachilar”,
istiqlolchilik
harakati,
milliy-
ozodlik harakati.
Qoʻrboshilar, bosmachilar, istiqlolchilar, qaroqchilar,
qahramonlar, talonchilar,
vatanparvarlar, qonxoʻrlar, yurttuzarlar, yurtbuzarlar… Ularni
yana qanday nomlar bilan
atashmagan deysiz. Kimlar uchundir cheksiz mardlik namunasi, yana kimlar uchundir misli
koʻrilmagan
yovuzlik timsoliga aylangan, atroflarini minglab afsona va toʻqimalar chulgʻab
olgan, sarguzashtlar romantikasidan qonli davr daxshatlarigacha bor yoʻgʻi bir qadam boʻlgan,
oʻzlari haq deb bilgan gʻoya uchun jonlarini ayamagan er yigitlar ustida hali hanuzgacha baxs-
munozaralar tinmaydi. Ularga beriladigan baholar ham qarama-qarshidir: ularni
kallakesardan olib, milliy-ozodlik kurashchilariga solishadi, birov ularning qahramonliklarini
madh etsa, boshqasi ularning kirdikorlarini fosh etish bilan ovora. Xoʻsh, aslidachi?
Qoʻrboshilar aslida kim edi? Sanʼat tili bilan aytsak, ular oʻzlari
yashagan davr uchun
protagonistmi yoki antagonist?
Moziyga qaytib ish koʻrish xayrlik, deydilar.
1
Keling,
tariximizning tashviqot, yolgʻon-u ilohiylashtirishlardan holi boʻlgan qonli sahifalariga bir koʻz
tashlaylik, yalongʻoch haqiqatning koʻziga tik boqaylik. Toʻgʻri,
yolgʻiz xayol goʻzaldir,
haqiqatning koʻzlari qoʻrqinchli.
2
Lekin uning koʻzlariga boqish kerak. Siyosat oʻzgaradi,
odamlar oʻzgaradi, tarixga boʻlgan munosabat oʻzgaradi, ammo tarix mohiyatan oʻzgarmaydi,
chunki oʻlganlar oʻzgara olmaydi.
Olmoslardan keskir edi shamshiringiz,
Tutun boʻlib toʻzib ketdi taqdiringiz,
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz.
Ot oʻynatib yurmadingiz, “bosmachilar!..”
3
BOSMACHI(MI?)
1
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning
eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim
. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”.
2
Yolg‘iz xayol go‘zaldir, haqiqatning ko‘zlaridan qo‘rqaman
. Abdulhamid Choʻlpon, “Xayol”.
3
Muhammad Yusuf. “Bosmachilar”.