300
Oldingi va keyingi misollarni tahlil qilishda shu qo‘shma
gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun munosabati,
bog‘lanish yo‘llari va vositalariga alohida diqqat qilish zarur: qo‘shma
gapning turlari mana shu asosda belgilanadi.
Bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro teng
munosabatda bo‘ladi, fikr ifodalash
nuqtayi nazaridan ham
mustaqillikka ega bo‘ladi.
Ergash gapli qo‘shma gaplar ichidagi sodda gaplardan biri ya’ni
bosh gap mana shunday mustaqillikni saqlagan bo‘lak hisoblanadi,
ikkinchisi–ergash gapda esa bunday belgi kuchsizlangan bo‘lib, unda
bosh gapni to‘ldirish, aniqlash, izohlash belgilari kuchli bo‘ladi.
Ergash gaplar bosh gapni turli jihatdan xarakterlaydi,
turli mazmun
munosabatlari qo‘shadi:
Darvoza taraqlab ochildi -yu, qushdek uchib raisa kirdi.
Bu qo‘shma gap qismlari teng huquqli, lekin har ikki qism birikib,
ko‘zlangan
fikrni reallashtirgan, qismlar bog‘lovchi (-
yu
yuklamasi)
vositasida bog‘langan.
Qiyoslaylik:
Dostları ilə paylaş: