333
К
irish: a) tarjimayi
hol muallifining ismi, familiyasi, tug‘ilgan
yili, oy va kuni,
joyi va millati, oilasi; b) otasi va onasi haqida; v) aka-
ukalari, opa-singillari haqida.
Asosiy qism: a) muallifning maktab yoshigacha bo‘lgan hayoti
haqida; b)
maktab hayoti haqida; v) hozirgi kundagi faoliyati haqida.
Yakun: a) ushbu tarjimayi holning nima sababdan yozilganligi;
b) imzo, kun, oy, yil.
«Ariza» matnining
mufassal rejasi esa quyidagilardan iborat:
К
irish: a)
kimga
–
ariza yo‘naltirilgan
shaxsning egallab turgan
mansabi (lavozimi), daraja va unvonlari, ismi-sharifi,
familiyasi;
b)
kimdan
–
ariza beruvchining mansabi (lavozimi), daraja va
unvonlari, ismi-sharifi, familiyasi, istiqomat joyi.
Asosiy qism: a) arizani yozishga sabab bo‘lgan
holatning
qisqacha bayoni; b) ariza yozishdan maqsad; v) arizaga ilova
qilinadigan hujjatlar.
Yakun: a) ariza
beruvchining shaxsiy imzosi, ismi va familiyasi;
b) ariza yozilgan (berilgan) kun, oy, yil.
Ariza matni, asosan, qo‘lda yoziladi va bu yozuv boshqalarga
tushunarli bo‘lishi lozim. Ayni vaqtda arizaning
kirish qismi asosiy
qismi bilan aralashib ketmasligi, xat boshidan yozishga qat’iy amal
qilinishi imzo, ism-familiya hamda yil, kun,
oy alohida-alohida ajratib
ko‘rsatilishi kerak.
O‘quvchilarni e’lon yozishga o‘rgatish.
E’lon o‘quvchilar
faoliyatida ko‘p qo‘llaniladigan ish qog‘ozlaridan biridir. Ma’lum bir
xabar, buyruq, yangilik, farmonni ko‘pchilik yoki ayrim shaxslarga
yetkazish maqsadida e’londan foydalaniladi. Unda, albatta, e’lon
qilinayotgan
tadbirning vaqti, o‘tkazilish joyi, nomi, uni tashkil
etayotgan saxs (muassasa, tashkilot va h.k.) qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: