329
o‘rtaga tashlangan g‘oya insho uchun asosiy material bo‘ladi. Muallif
(o‘quvchi) berilgan g‘oyani
kengaytiradi, voqea ishtirokchilarini
tanlaydi, unga badiiy sayqal beradi .
Xalq maqollari va hikmatli so‘zlari hikoya uchun yaxshi mavzu
bo‘la oladi. Ammo ularni hikoya mavzuiga singdirish uchun ma’lum
bir voqea bilan bog‘lashni unutmaslik lozim.
Ona tili mashg‘ulotlarida keng qo‘llaniladigan insho turlaridan
yana biri
ertak-insholardir.
Ma’lumki, o‘quvchilar juda ko‘p
ertaklarni biladilar, ammo o‘zlari ertak yaratishga qiynaladilar. Bu
ijodiy-amaliy ish turi bolalarning tasavvur olamini kengaytiradi:
ularni
g‘aroyib voqea-hodisalar og‘ushiga olib kiradi; og‘zaki va yozma
nutqni rivojlantiradi. Shuning uchun o‘qituvchi ona tili
mashg‘ulotlarida ijodiy ishning bu turidan unumli foydalanish
choralarini ko‘rishi lozim.
O‘quvchilarni ertak yaratishga o‘rgatish avvalo ularni bu janrning
o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi.
Bolalar
ertakda voqeaning tuguni, rivojlangan nuqtasi va yechimi qanday
bo‘lishini bilishlari, uning til xususiyatlaridan xabardor bo‘lishlari,
mubolag‘a, o‘xshatish, jonlantirish,
kichraytirish kabi tasviriy
vositalarni o‘z o‘rnida qo‘llash malakalariga ega bo‘lishlari kerak.
Boshlanish qismi berilgan ertaklarni davom ettirish, berilgan
rasmlar asosida ertak yaratish, qahramonlar
nutqi tushirib qoldirilgan
o‘rinlarni to‘ldirish kabi ishlar o‘quvchilarning ertak yaratish
mahoratini kengaytiradi.
Inshoning yana bir muhim turi muhokama insholardir.
Inshoning
bu turi bolalardan qiyoslash, ma’lum bir voqea-hodisaga baho berish,
o‘z
nuqtayi nazarini himoya qilish, o‘zining haqligini isbotlash
kabilarni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: