Ona tili o‘qitish metodiкasi


Darslikning oxirida berilgan «Izohli lug‘at»dan foydalanish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

1. Darslikning oxirida berilgan «Izohli lug‘at»dan foydalanish 
orqali. 
Ma’lumki, «Izohli lug‘at»dan nafaqat so‘zlar, balki zaruriy 


143
atamalarning ma’nolari ham o‘rin olgan. Masalan, egaga quyidagicha 
izoh berilgan: Ega – kesim tarkibidagi shaxs-son ma’nolarini izohlab 
keluvchi gap bo‘lagi.
 
2. Mavzu tarkibidagi «Bilib oling», «Esda tuting» ishoralariga 
e’tiborni qaratish
orqali. 
Masalan, darslikda «Sodda yoyiq gap» 
mavzusi yuzasidan bir qator ijodiy-amaliy topshiriqlar berilgandan 
so‘ng quyidagi ta’rif berilgan: ega va kesimdan tashqari yana boshqa 
bo‘laklar bilan kengayadigan gap yoyiq gap deyiladi. O‘quvchilar 
mazkur atamaning ma’nosini ana shu berilgan ta’rifdan bilib oladilar.
 
Atamalar o‘quvchilar tomonidan ham izohlanishi mumkin. Ular 
bir qator ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajargandan so‘ng o‘zlari 
berilgan atamaning ma’nosini sharhlaydilar. 
5-sinfdan boshlab o‘quvchilar zaruriy atamalar yon lug‘atini 
tuzish va undan foydalanishga o‘rgatib borilsa, bu murakkab ishni 
amalga oshirish ancha yengil kechadi. 
«FONETI
К
A» BO‘LIMINI O‘QITISH METODI
К
ASI 
Maktabda «Fonetika» bo‘limini o‘qitishning maqsad va 
vazifalari.
«Fonetika» bo‘limi 5-sinfda o‘rganiladi va u tilning 
tovushlar tizimini o‘rgatadi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga unli va undosh tovushlar, 
ayrim unlilar va ayrim undoshlarning imlosi, alifbo tartibi, jarangli va 
jarangsiz undoshlar, bo‘g‘in, urg‘u singarilar xususida ayrim zaruriy 
ma’lumotlar berilgan. Ammo 5 - sinfda «Fonetika»ni yaxlit, bir butun 
bo‘lim sifatida o‘qitish ko‘zda tutiladi. Mazkur bo‘lim o‘z zimmasiga 
quyidagi vazifalarni oladi: 

o‘quvchilarni adabiy talaffuz me’yorlariga o‘rgatish; 

imlo savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, 
malaka va ko‘nikmalar silsilasi bilan qurollantirish; 

so‘z zaxirasini oshirish; so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish 
malakalarini rivojlantirish; 

badiiy o‘qish malakalarini takomillashtirish


144

fonetikadan fikrni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish 
uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish; 

o‘quvchilarda turli lug‘atlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash 
malakalarini rivojlantirish. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin