Kapital qo'yilmalaming tarmoq tarkibi iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalarida
foydalanilayotgan kapital investitsiyalar salmog'ini va hajmini ifodalaydi.
Tarmoq tarkibi, eng avvalo, mablag'lami ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob'ktlari
bo'yicha taqsimlanishini, undan so'ng tarmoq sohalari, ya'ni sanoat, qishloq xo'jaligi, transport va
aloqa, uy-joy va hokazolar bo'yicha taqsimlanishini konkretlashtiradi. Investitsiyalami tarmoqlararo
tarkibi ma'lum davrda hal qilinadigan vazifalami xarakteridan va ularning ustivorligidan kelib chiqqan
hoi da aniqlanadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilishning boshlanish davrida investitsiya mablag'lari ishlab
chiqarish sohalariga ko'proq ajratilgan. 1994-1996yillar kapital moblag'laming 2/3 qismi ishlab
chiqarish soxasiga ajratilgan. Keyingi yillarda kapital mablag'laming tarmoqlar bo'yicha
taqsimlanishida noishlab chiqarish soxalariga, xususan, uy-joy, kommunal tarmoqlariga, ta'lim va
sog'liqni saqlash soxalariga e'tibor kuchayib borayotganini ko'rishimiz mumkin.
2001 yildan boshlab chet el investitsiyalari sezilarli darajada ko'paydi. Masalan, 2001yilda
2000yilga nisbatan ularning salmog'i kapital qo'yilmalarining tarkibida 30% yaqiniga yoki Imld. AQSh
dollariga teng bo'ldi. Bu o'z navbatida ishlab chiqarish ob'ektlarini rekonstruktsiya qilishni va texnik
jixatdan qayta qurollantirishni kengaytirish uchun qulay imkoniyat yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturiga asosan akdemik litsey, professional kollejlar qurish uchun markazlashtirilgan
investitsiyalarning 1/3 qismi ajratildi.
Kapital qurilmalarning hududiy tarkibi kapital qo'yilmalaming tumanlar, viloyatlar va
iqtisodiy regionlar bo'yicha taqsimlanishini bildiradi. Bu masalani hal qilishda iqtisodiyot hududiy
tarkibini takomillashtirish vazifalari asosida hal qilinadi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini is hga tushirish hisob-kitoblari kapital