ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqarishdagi yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoldi. Mamlakatimizda 1992 yilning iyul oyidan boshlab «Ta'lim to'g'risida»gi qonun amal qila
boshladi. Unga binoan ta'lim tizimini islox qilishni asoslari, yoshlarni o'qitish va tarbiyalashga
qo'yiladigan asosiy talablar aniqlandi. U eng avvalo kishilik jamiyati yaratgan boyliklami va erishgan
milliy davlat yutuqlarini nazarda tutadigan bolalar bog'chasidan oliy maktabgacha bo'lgan uzluksiz
bo'lishi kerak.
Isloxotlarni boshlanish davrida Respublikada maktab ta'limini tashkil qilishda qator ijobiy
siljishlaryuzberdi:
1.
1996-1997 o'quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o'qish yangi alifboda olib
borildi. Yangi imlo, alifboda o'qish uchun zarur dastur, qo'llanma va darsliklar yaratildi.
2.
Shu davr maboynida 300ga yaqin yangi turdagi ta'lim muassalari ochildi. Oliy o'quv yurtlari
qoshida 46 litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o'quvchi chet ellarda ta'lim oldi, ko'pgina o'qituvchilar
xorijiy davlatlaming ilg'or tajribalarini o'rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi.
3.
Talabalar va O'qituvchi- murabbiylarni, moddiy va ma'naviy rag'batlantirish yo'lga qo'yildi.
Masalan, 1993 yildan boshlab oxirgi kurs a'lochi talabalar va aspirantlari uchun
«Prezident stipendiyasi» joriy qilindi; Beruniy, Navoiy, Ulug'bek nomidagi stipendiyalar ta'sis qilindi;
konkurs va musobaqa g'oliblariga moddiy-pul rag'batlantirishlari joriy qilindi. Professor-
o'qituvchilarga mehnat shartnomalarining kontrakt tizimi joriy etildi va hokazo.
4.
O'rta maxsus ta'lim sohasida respublikada joylarda biznes maktabi, kasb-hunar kurslarining
ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi mutaxassisliklar (Termer, Soliq
va Bojxona xodimi. Audit va hokazo) kiritildi.
5. Oliy maktab sohasida