O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


ettita ustuvor vazifalarni olg'a surgan edi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

ettita ustuvor vazifalarni olg'a surgan edi. 
Ettinchi ustivor vazifa ustida to'xtalib, 
ijtimoiy 
sohalarning muhimligini ta'kidlab shunday degan edi: 
"O'ylaymanki, ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim 
va sog'liqni saqlash sohalarni yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish 
aholini ekologik va boshqa xavf-xatarlardan muhofaza etish, qisqa qilib aytganda, odamlarimizning 
sotsial soha bo'yicha talab va e'tirozlarini qondirish masalalarini har tomonlama kuchaytirish 
lozimligini isbotlab o'tirishga hojat bo'lmasa kerak".
Ijtimoiy soha taraqqiyotning qay darajadaligi ma'lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va 
psixologik muhiti, aholining umumiy kayfiyatini beligilaydi. Ijtimoiy sohalarning o'sishi hududlarning 
umumiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasini ko'rsatuvchi belgi bo'lib xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy muammolariga faqat iqtisodiy jihatdangina emas, balki ijtimoiy 
taraqqiyot nuqtai nazaridan qaralishi lozim. Shundan ko'rinib turibdiki, ijtimoiy sohalar moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash masalasi bozor munosabatlariga o'tishning eng muhim vazifalaridan 
biri bo'lib qoladi. Ijtimoiy sohalar faoliyatining samaradorligi uning barcha asosiy tarkibiy 
qismlarining kompleks rivojlanishiga bog'liq.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy sohaning barcha tarkibiy qismlarini rivojlantirish borasida 
muhim, diqqatga sazovar ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish, 
ularga tibbiy yordam qo'rsatish, ta'lim-tarbiya, madaniyat, dam olish, uy-joylar sharoitini yaxshilash, 
maishiy xizmat ko'rsatish kabi qator sohalarni yaxshilash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
Ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohatlar quyidagi vazifalarni bajarishini ta'minlashi 
lozim: 
1. Har bir insonni, eng avvalo malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi, bepul umumiy ta'lim 
olishi uchun zarur shart- sharoit yaratishi va ta'minlashi lozim.
80


2.
Aholini kam ta'minlangan, ya'ni uning moddiy va ijtimoiy himoyaga muxtoj bo'lgan qismini 
himoya qilishga qaratilgan, eng awalo aholini nochor gumhlarini aniq manzilli va maqsadli 
ijtimoiy himoya qilish tizimini barpo etish. 
3.
Aholini ijtimoiy himoya qilishni iqtisodiy islohatlar dasturidagi uzluksiz ustivor yo'nalishlardan 
biri deb, hisoblash. 
4.
Pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta'minlash, pensiyaning real miqdorini oshirish.
5.
Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan aholiga o'z daromadlari hisobidan yuqoriroq ijtimoiy 
iste'mol qilishni ta'minlaydigan iqtisodiy sharoit yaratish.
6.
Aholini turar joylarga, maishiy xizmat ko'rsatish, savdo va umumovqatlanish korxonalarining 
xizmatlariga, hamda madaniyat, san'at, sport va boshqa sohalarga bo'lgan qonuniy talablarini 
ta'minlash uchun zarur sharoitlar yaratish.
7.
Ijtimoiy- madaniy institutlarning rivojlanishini xuquqiy va tashkiliy asoslanni shakllantinsh va 
boshqalar. 



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin