§ 2. Ta'lim tizimi va uni isloh qilish. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Ta'lim jamiyatning rivojlanish tendentsiyasi va holatini aks ettiradi va unga ta'sir ko'rsatadi.
Millatning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy ahloqiy qiyofasi ko'p jihatdan uning ziyolilar dunyoqarashi,
bilimdonlik saviyasi va jasoratiga bog'liq. «Olamga quyosh ziyo taratsa, odamzod qalbiga ziyoli nur
sochadi», deydi xalqimiz.
Hozirgi vaqtda Respublikada 63 ta Oliy o'quv yurti, jumladan, 16 ta universitet, 9575 ta maktab
faoliyat ko'rsatmoqda. Umumta'lim maktablarida mustaqillik yillarida 300 dan ortiq yangi tipdagi
ta'lim muassasalari ochildi. Faqat 1998-2002 yillar mobaynida 216 ming o'quvchiga mo'ljallangan
zamonaviy o'quv va ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlari, akademik
litseylar barpo etildi, Yangi ta' lim standartlari yaratildi va o'quv jarayonigajoriy etildi.
O'rta maxsus o'quv yurtlariga zarur bo'lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el
investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Iqtidorli
talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida
«Umid», Pedagogik kadrlarni xorijda
tayyorlash va qayta tayyorlashni ta'minlash bo'yicha
«Ustoz» jamg'armalari tashkil etildi. Uch mingga
yaqin talaba va aspirantlar chet mamlakatlarda ta'lim olmoqdalar, 2,2 ming pedagoglar malakasini
oshirdilar. Bugungi kunda
«Umid» va «Ustoz» jamg'armalari birlashtirilib
«Iste'dod» jamg'armasi
tuzildi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davlat va xo'jalik qurilishining barcha sohalarida yuqori malakali
mutaxassislar mavjudligini taqozo qiladi. Shunday sharoitda ta'lim muammosi davlat siyosatining
ustuvor yo'nalishiga aylandi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, iqtisodiy va siyosiy
sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar
uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham