1. Kirish Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etishning me’yoriy asoslari



Yüklə 203,02 Kb.
tarix26.04.2023
ölçüsü203,02 Kb.
#125931
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MTM TIZIMI

Reja:


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MTM TIZIMI
1. Kirish
2. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etishning me’yoriy asoslari
3. O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimining mazmunmohiyati
4. Maktabgacha ta`lim konsepsiyasining asosiy mazmuni
1. Maktabgacha ta`limni rivojlanishining asosiy mohiyati
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Maktabgacha ta’lim
Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi
Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etishning me’yoriy asoslari
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti
sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari
maktabgacha ta`limmuassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari
maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimining mazmunmohiyati
Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 14 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. 2019-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020-yilda bu koʻrsatkich 59,5 foiz boʻlishi kutilmoqda, shuningdek, 85,2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.
Maktabgacha ta`lim konsepsiyasining asosiy mazmuni
kattalarning bolalar ehtiyojiga e'tibor va xurmat bilan mu-nosabatda bo'lishi; shaxsiy-hissiy munosabatda bo'lish ehtiyojining qondirilishi
rivojlanishdagi mavjud nuqsonlar tuzatilishi yuzasidan malakali yordam olish
o'z qadr-qimmatini himoya qilish
kattalar tomonidan doimiy g'amxo'rlik ko'rsatish, ehtiyotsiz va malakasiz munosabatda bo'lishdan himoya qilish

Maktabgacha tarbiya muassasasining huquqlari
Maktabgacha tarbiya muassasasi:
O 'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan variativ, namunaviy majmuadan dasturlar tanlash;
tasdiqlash tartibi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgi-lanadigan o'z (mualliflik) dasturlari va uslubiyotini ishlab chiqish va o'z amaliy faoliyatida qo'llash;
maktab va boshqa ta'lim hamda ilmiy muassasalar bilan doi-miy aloqalar o'rnatish;
Maktabgacha ta`limni rivojlanishining asosiy mohiyati
Davlat maktabgacha tarbiya muassasasini boshqarish yakka-boshchilikva o'zini-o'zi boshqarish prinsiplari asosida keng osh-koralik sharoitlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha tarbiya muassasasi mudiri amaldagi qonunchilik doirasida maktabgacha tarbiya muassasasi pedagogik xodimlari va ma'muriyatining kasbkori va lavozim faoliyatlariga asossiz aralashuvga chek qo'yuvchi zarur choratadbirlarni ko'radi; maktabgacha tarbiya muassasasining faoliyatini takomillashtirish bo'yicha tegishli organlarga takliflar kiritadi.
3 Maktabgacha tarbiya muassasasining ta'minoti bo'yicha buxgalteriya hisob-kitobi markazlashtirilgan buxgalteriyalar yoki maktabgacha tarbiya muassasasi tomonidan mustaqil ravishda yuritiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda shu ishga vakolatli organlar tomonidan o'tkaziladi. . Maktabgacha tarbiya muassasasining mehnatni tashkil etish va unga haq, to'lash borasidagi huquqi Yagona tarif setkasi va shu masalaga oid boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Yüklə 203,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin