O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

bozor munosabatlari 
ishlab chiqarish vositalariga va iste'mol buyumlariga bo'lgan 
xususiy mulkchilikka, tovar ishlab chikaruvchilarni erkin faoliyatiga, erkin raqobat va iqtisodiyotni 
ochiqligiga asoslanadi.
Iqtisodiyotning markazdan turib boshqaruv tizimiga 
xos xususiyatlari bo'lib barcha 
bosqichlarni qamrab olish, ishlab chikarishni yuqori darajada kontsentratsiyalashuvi va uni davlat 
korxonalarida monopollashganligi, ishlab chikarish faoliyatini xalq xo'jaligi samaradorligiga 
yo'naltirilganligi, mamlakatning yagona xalq xo'jalik kompleksini 
yopiqligi 
bo'lib hisoblanadi.
Sobiq SSSRda rejalashtirishning umumdavlat tizimi mavjud edi. U yuqoridan toki quyigacha 
bo'lgan boshqaruv va xo'jalik organlarini faoliyatini barcha qirralarini nazorat qilar edi. Bozor 
iqtisodiga o'tilishi munosabati bilan vaziyat tubdan o'zgardi. Bozor iqtisodiga har qanday ma'muriy 
buyruqbozlik bilan kiritiladigan rejalar yotdir, chunki xo'jalik sub'ektlari ham huquqiy ham iqtisodiy 
jihatdan davlat boshqaruvida emaslar.
Sobiq Ittifoq davrida tepadan tushirilgan rejalar qonun darajasigacha ko'tarilgan bo'lsa ham 
ulardan samara bo'lmadi. Shuning uchun iqtisodiy islohotlar jarayonini boshlanishidan rejalashtirishga 
bo'lgan e'tibor susaya bordi. Hozir ham bu masalaga byurokratik kamchiliklarga ega bo'lgan hoi deb 
qarash uchrab turadi. Iqtisodiy rivojlanishni, aholini turmush darajasini yaxshilashni asosiy vazifa qilib 
qo'ygan har bir davlat uning mexanizmlarini, bajarish muddatlarini oldindan belgilaydi. Holbuki, etti 
marta o'lchab bir marta kesgan kishi yutqazmaydi. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish 
munosobatlari bilan bog'liq bo'lgan har qanday muammo pirovard natijalarni oldindan ko'ra bilishni
bashorat qilishni va rejalashtirishni talab qiladi. 
Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
re jalashtiris h va prognozlashtirish o'z ahamiyatini yo'qotmaydi.
Hozirgi zamon tsivilizatsiyasining rivojlanish tajribasi bozor munosabatlari tizimini ma'muriy 
buyruqbozli, buyurokratik tizimga asoslangan jamiyatga nisbatan hayotiy faoliyatning barcha 
qirralarini samarasi yuqori bo'lishini ko'rsatayapti. Uning sabablaridan biri bozor munosabatlari 
tizimiga asoslangan barcha davlat ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin