O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Jamiyatning ishlab chiqara bilish qobiliyati iqtisodiy potentsial deb ataladi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Jamiyatning ishlab chiqara bilish qobiliyati iqtisodiy potentsial deb ataladi. 
Bu qobiliyat 
ishlab chiqarish resurslari miqdori va sifati bilan belgilanadi, yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar 
miqdori bilan ifoda etiladi. Shu sababli uning muhim ko'rsatkichi bo'lib- 
yalpi milliy mahsulot 
ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu mahsulotni ishlab chiqarish esa- milliy boylikning hajmi va strukturasiga, 
undan yaxshi foydalanilishiga bog'liqdir. Shunday ekan, iqtisodiy potentsial yuksalgan sari jamiyat 
tobora boyib boradi.
Iqtisodiy potentsial jamiyat a'zolarining ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Agar ehtiyojlar 
to'larok qondirilsa, iqtisodiy potentsial samarali ishlatilgan bo'ladi. 
Iqtisodiy potentsialning to'rt xil 
unsuri 
(element) mavjud.
1.
Mehnat potentsiali 
2.
Ilm- ma'rifat potentsiali 
3.
Texnika-texnologiya potentsiali 
4.
Tabiiy potentsial 
Mehnat potentsiali 
—jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish 
qobiliyatiga ega bo'lgan kishilardir. Mehnat potentsialining miqdoriy o'lchami ishga yaroqli kishilar 
soni bo'lib, uning o'sib borishi aholining ko'payishidan kelib chiqadi. Sifat jihatidan mehnat potentsiali 
mazkur aholining bilim saviyasi, kasbiy malakasi va tajribasini bildiradi. Mehnat potentsiali ishlab 
chiqarish orqali Milliy boylikni oshirishga o'z xissasini qo'shadi.
Ilm-ma'rifat potentsiali 
- ilm- ma'rifatga xizmat qiluvchi moddiy va insoniy resurslar, fan erishgan 
darajadir. Ilm- ma'rifat potentsialini unga sarflangan mablag'lar va ilmiy pedagogik kadrlar soni va 
malakasi belgilaydi. Ilm- ma'rifat rivojiga qanchalik ko'p mablag' sarflansa, uni samarali ishlatish 
ta'minlansa, iqtisodiy o'sish shunchalik tezlashib milliy boylik ko'payadi.
Texnika-texnologiya potentsiali 
— jamiyatdagi mashina-mexanizmlar miqdori, ulaming tarkibi, 
texnikaviy darajasi va texnologik tizimlar majmuini o'z ichiga oladi. Bu potentsial fan yutuqlari naqadar 
yangi texnika va texnologiyada moddiylashganligini bildiradi. Texnika-texnologiya darajasi fan 
taraqqiyotiga monand tushchishi shart, ammo buning uchun fan yutuqlarini amaliyotta joriy etishni 
ta'minlovchi iqtisodiy vositalar amal qilishni talab qilinadi. Agar bo'nday vosita bo'lmasa, fan va texnika 
potentsiali bir-birini ta'minlamay qo'yadi. Masalan, sobiq SSSRda er yuzidagi olimlaming 25 foizi 
ishlagan, lekin fan bilan texnikani bog'lovchi vosita zaifligidan, ulkan mamlakat ishlab chiqarish darajasi 
bo'yicha dunyoda 68 o'rinni egallagan. Texnika-texnologiya potentsiali ilmiy potentsialdan yuqori bo'lishi 
ham mumkin, ammo bu hoi ishlab chiqarish import qilingan texnika-texnologiyaga asoslanganda yuz betdi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin