55
shaffofligini ta’minlashdagi eng samarali mexanizm
bu jamoatchilik nazorati
hisoblanadi[28; 47-b.]. Ammo, bugungi jamiyatimizda davlat organlari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi fuqarolik jamiyati institutlarining
(jamoat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolar uyushmalari va idoralari)
xalq
bilan
uzviylikda ishlash tizimida bir qator ijtimoiy muammolar ham mavjud bo‘lib,
bularni bartaraf etmasdan turib, davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan
jamoatchilik nazoratini o‘rnatish mushkul kechadi[104]. Masalan, bugungi kunda
aksariyat fuqarolik institutlari xalq bilan ijtimoiy muloqotni amalga oshirishdagi
kamchiliklari, xususan davlat organlari va fuqarolar o‘rtasida bog‘lab
turuvchi
“ko‘prik”ni yarata olmayotganligi natijasida − davlat organlari faoliyatidagi
muammolarni aniqlash hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda[101];
ikkinchidan,
jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega bo‘lgan
fuqarolik institutlarini jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib
chiqish masalalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashishi,
jumladan fuqarolarning
qonun hujjatlarini takomillashtirishga va jamiyatdagi muammolarni hal qilishga doir
takliflariga beparvo munosabatda bo‘lish holatlari, davlat organlari faoliyatining
samaradorligini oshirishga hamda davlat va xalq o‘rtasida “muloqot maydoni”ni[82]
shakllantirishga to‘sqinlik qilmoqda;
uchinchidan,
fuqarolik jamiyati institutlarining axborot berish bazasida
fuqarolarda davlat organlari faoliyati to‘g‘risida
batafsil axborot olish
imkoniyatining yo‘qligi, ko‘pchilik hollarda ularga bunday axborotni taqdim etish
asossiz ravishda rad etilayotganligi xalqning bunday fuqarolik instituti organlariga
bo‘lgan ishonchini pasaytirmoqda[82];
to‘rtinchidan,
xalq nomidan faoliyat olib boruvchi institutlarning aksariyat
bo‘g‘inida davlat organlari faoliyatida sog‘lom ishchanlik muhitini va qonuniylikni
joriy etishga, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning lozim darajada amalga oshirilmasligi, ular tomonidan o‘z vakolatlarini
suiiste’mol qilish holatlarining ko‘payishi, fuqarolarning huquqlari buzilishi, davlat
organlari xodimlari xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar sonining ortishi va
56
aholining davlat organlari faoliyatidan noroziligi kuchayishi uchun shart-sharoitlar
yaratmoqda[82].
Demak, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi korrupsiya illatlariga qarshi
kurash uchun, faqatgina jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish
orqali mavjud
muammoga yechim topilmaydi. Balki, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi
institutsional tizim samaradorligini ham ta’minlash kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: